Kassano: "Ronaldu hech qachon Messi bo'la olmaydi"
23 apr 2020 16:23
Yangiliklar
Kassano: "Ronaldu hech qachon Messi bo'la olmaydi"
"Real" va Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Antonio Kassanodan Ronaldu va Messidan birini tanlashni so'rashdi.
Sobiq futbolchining fikricha, Ronaldu argentinalik bilan raqobatlasha olmaydi.
- Ronaldu hech qachon Messidek istedodga ega bo'la olmaydi. U Messi emas. Krishtianu hech qachon Maradona, Jordan yoki Federer bo'la olmaydi. U istedodli inson, ammo tug'ma daho emas, - deydi Kassano.
Messi 6ta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan dunyodagi yagona futbolchi sanaladi.
32 yoshli argentinalik joriy mavsum 29ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol urishga erishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar