So’nggi yangiliklar

16:51"Футбол олами". Финалларда ҳакамлар хатоси одат тусига кирди  2 16:38"Финалиссима" барибир Мадридда бўладиган бўлди  7 16:15Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби "Нефтчи"ни тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  5 15:53"Бавария"да дарвозабонлар қолмади — барчаси жароҳатланган  1 15:25Флик ва Деку Рэшфорднинг келажаги бўйича турлича қарашга эга  2 14:56Родри: "Биз курашни давом эттирамиз"  8 14:29Романо: Испания ва Аргентина терма жамоалари футболчилари Финалиссима ўйинида майдонга тушишга тайёр эди  2 14:01Эшли Коул Италия клуби бош мураббийи этиб тайинланди  1 13:33Гави майдонга қайтиши ҳақида: "Флик доимо мен билан бирга эди, худди отамдек"  0 13:05"Бунёдкор" академияси раҳбари билан очиқ-ойдин суҳбат  1 12:49Кутилмаган бурилиш: Гвардиола Европа терма жамоасига мураббийлик қиладими?  10 12:26Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  4 11:58"Реал" кутилмаган трансферга тайёрланмоқда  13 11:20Ўйин давомида биттагина зарба. У "Сити" "Арсенал"дан 9 очко ортда қолиб кетишига етарли бўлди  2 10:55"Барселона" президентлигига қайта сайланган Лапорта нималар деди?  4

Karrager: "Manchester Siti" - ECHL favoriti. "Liverpul" chiqib ketdi, "Barselona" esa oldingidek emas" Yangiliklar

Karrager: "Manchester Siti" - ECHL favoriti. "Liverpul" chiqib ketdi, "Barselona" esa oldingidek emas"

"Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Evropada katta futbol qayta tiklanishi haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu vaqt ichida asosiy etibor oxirgi 30 yillikda birinchi bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritishni xohlayotgan klubga qaratildi. Lekin, o'zining 140 yillik tarixida ilk bor Evropaning eng nufuzli musobaqasida g'olib chiqishni maqsad qilgan jamoani ham unutmaslik kerak.

APLda mavsum tiklanishidan qaysi klublar ko'proq yutadi degan muhokamalar fonida "Man Siti" diqqat-markazdan chetda qoldi. Balki, bu Gvardiolani qoniqtirar.

"Siti" hammadan ham ko'proq CHempionlar ligasini qo'lga kiritishni xohlamoqda.

G'olib chiqish uchun asosiy to'siq "qoqildi" - "Liverpul". Men CHempionlar ligasida "Manchester Siti"dan yaxshiroq jamoani ko'rmayapman. Yoki "Liverpul" va "Tottenxem"ga o'xshash klubni ham. Oxirgi ikki yilda aynan shu jamoalar Gvardiolaga halaqit qilishdi.

PSJ, "Barselona" va "Bavariya" asosiy xavf. Lekin, PSJda juda ham jiddiy muammo bor. Ular o'z chempionatlarida birorta ham o'yin o'tkazmasdan ECHLga qaytishadi. "Barselona" oldingidek emas, bunga ularning "Roma" va "Liverpul"dan engilishgani ham isbot bo'la oladi.

"Siti" uchun eng xavfli raqib - Gvardiolaning sobiq klubi. "Bavariya"ga Bundesliganing qolganlardan ertaroq boshlangani ham foyda bo'ladi. Lekin, men "Siti" kuchliroq ekanligiga ishonaman.

"Manchester Siti" - mening favoritim. Bu g'alabani boshqa kimdir ulardan ham ko'ra ko'proq xohlayotganiga shubham bor", - dedi Karrager.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика