Karius "Liverpul" taklifini rad etdi
30 may 2019 15:40
Yangiliklar


Karius "Liverpul" taklifini rad etdi
Ayni damda ijara asosida "Beshiktosh" sharafini himoya qilayotgan "Liverpul" posboni Loris Karius "qizillar"hamda "Tottenxem" o'rtasida bo'ladigan CHempionlar ligasi finaliga bormaydi.
Malumotlarga ko'ra, mersisaydliklar ijaradagi barcha futbolchilarni finalga taklif qildi. Nemis posboni taklifni qabul qilmadi va u tufayli o'yinga bo'lgan etibor susayishi mumkin deb hisobladi. Klubdagilar Karius fikrini qo'llab-quvvatlashdi. Loris finalga borish o'rniga tatilga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, Karius o'tgan yilgi finalda "Liverpul" darvozasini qo'riqlab, 3ta to'p o'tkazib yuborgan edi. O'shanda posbonning ikkita qo'pol xatosi tufayli "Real" 2ta gol urib olgan edi.
O’xshash yangiliklar
09:41
"Liverpul" Angliya terma jamoasi futbolchisi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi 5
23:20
"Liverpul" "Parma" himoyachisini sotib olmoqchi. Futbolchiga A Seriya grandlaridan ham qiziqish bor 0

Fikrlar