Kanseluning agenti Mendesh "Siti"dan o'yinchini "Barselona"ga 20 mln evroga sotishni so'ramoqchi
17 mar 2024 15:16
Yangiliklar
Kanseluning agenti Mendesh "Siti"dan o'yinchini "Barselona"ga 20 mln evroga sotishni so'ramoqchi
"Manchester Siti"dan "Barselona"da ijara asosida o'ynayotgan 29 yoshli himoyachi Joau Kanseluning agenti Jorje Mendesh yozda "shaharliklar" rahbariyati bilan o'z mijozini "ko'k-anorranglilar" uchun mos shartlar evaziga Kataloniya klubiga sotish bo'yicha uchrashuv o'tkazmoqchi.
Mendesh "Manchester Siti"ning Kanseluni 20 mln evroga qo'yib yuborishiga erishmoqchi, sababi "Barselona" hozirgi iqtisodiy vaziyatda bundan ko'p to'lay olmaydi. SHuningdek, portugaliyalik himoyachining ijarasini uzaytirish varianti ham ko'rib chiqiladi.
Qayd etilishicha, Kanseluning o'zi har qanday holatda ham "Barselona"da qolishni xohlamoqda.
Portugal joriy mavsum barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 4ta assist qayd etdi. Uning ingliz klubi bilan bitimi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar