Kannavaro: “Messi top futbolchi, Maradona esa boshqa dunyo”
09 may 2020 20:30
Yangiliklar
Kannavaro: “Messi top futbolchi, Maradona esa boshqa dunyo”
Italiyalik sobiq himoyachi Fabio Kannavaro “Barselona” sardori Lionel Messi va Argentina futboli afsonasi Diego Maradona haqida gapirdi.
“Messini juda xurmat qilaman. Yangi avlod uchun u eng yaxshirlaridan biri hisoblanadi. Maradona esa boshqacha edi, boisi futbol ham hozirgidan farq qilardi. Uni doim tepishardi, ammo u vaziyatni nazorat qila olardi. Diego matonatli futbolchi bo'lgan.
Lionel – top-futbolchi, lekin Maradona – bu o'zga dunyo. Hech qachon uni boshqalar bilan taqqoslamaganman. Pelening o'yinlarini kuzatmaganman, ammo Diegonikini ko'rganman. 7 yil ichida barcha uchrashuvlarini tomosha qildim. U yaxshilaridan biri emas, u eng zo'ri”, deydi Kannavaro.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar