So’nggi yangiliklar

02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  47 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  0 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  1 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  7 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  8 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

Kamo Gazarov: "Futbolchilarning ishtiyoqidan xursandman" Yangiliklar

Kamo Gazarov: "Futbolchilarning ishtiyoqidan xursandman"

Dinamo jamoasining ikkinchi davra oldidan o'tkazgan dastlabki yig'ini yakuni arafasida Dinamo bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Kamo Gazarov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Tabiat qo'ynidagi yig'indan ko'nglim to'ldi, desam ham bo'ladi. Asosiy etiborni futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga qaratgandik. Kuniga ikki mahaldan olib borgan mashg'ulotlarimiz jamoamizning jismoniy tayyorgarligini ancha yuqori darajaga keldi. Futbolchilarning katta ishtiyoq bilan mashq qilganliklaridan xursandman. Aksariyat futbolchilarning yig'inimizga biroz kechroq qo'shilganligini aytmaganda, olib borilgan ishlardan ko'nglim to'ldi.

- Yig'inda barcha futbolchilarning yaxshi kayfiyatda mashg'ulotlar o'tkazganliklari guvohi bo'ldik. Jamoaning tarkibida o'zgarishlar bo'lishi mumkinmi?

- Tarkibimizni kuchaytirishimiz mumkin. Toshkentdagi yig'inda o'zgarishlar bo'lib qolishi mumkin.

- Jamoaning keyingi rejalar haqida malumot bersangiz?

- 19 iyul kunidan poytaxtimizda yig'ilamiz. Bir haftalik yig'indan tibbiy ko'rik, nazorat uchrashuvlari va futbolchilarni sinovdan o'tkazishni maqsad qilganmiz. Xususan, Mashal, Paxtakor va Navbahor singari jamoalarga qarshi nazorat bahslarida maydonga tushamiz. 26 iyulda esa yana Samarqandga qaytib, Nasafga qarshi o'yinga so'nggi tayyorgarliklarni o'z qarorgohimizda olib boramiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика