Jurnalistlar matbuot anjumanida Iroq terma jamoasi bosh murabbiyiga hujum qilishdi
29 jan 2024 23:17
Yangiliklar
Jurnalistlar matbuot anjumanida Iroq terma jamoasi bosh murabbiyiga hujum qilishdi
Osiyo kubogi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan Iroq va Iordaniya o'rtasidagi uchrashuvda iroqliklar so'nggi daqiqalarda ikkita gol o'tkazib, alamli tarzda mag'lub bo'ldi.
O'yindan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida iroqlik jurnalistlar terma jamoa bosh murabbiyi Xesus Kasas Garsiyaga katta norozilik bildirishdi. Dastlab, murabbiyga o'ta keskin savollar berildi. Mutaxassisning javobiga qoniqmagan jurnalistlarning savollari ketma-ket davom etaverdi va matbuot anjumani o'tkazilayotgan xonada tartibsizlik kelib chiqdi. SHundan so'ng, aksariyat iroqlik jurnalistlar xonani tark etishga qaror qilishdi. Ulardan bazilari norozilik bildirishda davom etdi va murabbiy o'tirgan joyga yaqinlasha boshlashdi. Murabbiy tomon harakatlanayotgan jurnalistlar yo'liga xavfsizlik xodimlari to'siq bo'ldi. Yakunda, xavfsizlikka masul xodimlari iroqlik jurnalistlarni xonadan chiqarib yuborishga majbur bo'lishdi.
Vaziyat yumshagandan so'ng, matbuot anjumani davom ettirildi. Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi Xesus Kasas Garsiya ishtirokidagi matbuot anjumanini birozdan so'ng saytimizda o'qishingiz mumkin.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar