So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  4 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  56 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  7 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Joze Mourino qo'l ostida porlagan futbolchilar Yangiliklar

Joze Mourino qo'l ostida porlagan futbolchilar

Avvalroq, portugaliyalik murabbiy Joze Mourino qo'l ostida o'z imkoniyatlarini to'liq namoyish eta olmay "zaxira futbolchisi"ga aylanib qolgan futbolchilar haqida "Mourino qurbonlari" nomli maqola chop etgandik.


Bugun portugaliyalik murabbiy qo'l ostida o'sishga erishgan futbolchilar haqida gaplashamiz.



Ispaniyalik Xese Rodriges aynan Mourino qo'l ostida ilk marotaba katta futbolda maydonga tusha boshlagan. Uning "Real"dagi debyuti 2011 yilga to'g'ri keladi. Mourino o'sha paytlardan boshlab yosh futbolchiga ishonch bildira boshlagandi.




Alvaro Morata Mourino ketganidan so'ng "Real" zaxira futbolchilaridan biriga aylandi va "Yuventus"ga o'tib ketdi. 2012 yilgacha u asta-sekin "qirollik klubi" asosiy tarkibida maydonga tushib kelayotgandi.



Mourinoning yana bir topilmalaridan biri - Kurt Zuma. "CHelsi"dagi faoliyati davomida "Sent Eten"dan 12 million funt evaziga harid qilingan Zuma "aristokratlar"ning asosiy tarkib futbolchisiga aylanib ulgurgandi. Afsuski, u ayni paytda jarohat olgan va bu yil katta ehtimol bilan futbol o'ynay olmaydi.




Yosh Rafael Varan Mourino qo'l ostida Pepedan asosiy tarkibdagi o'rnini olib qo'ya boshlagandi... Hozirgi kunda portugaliyalik murabbiy Varanni o'zining yangi jamoasi - MYU safida ko'rishni istamoqda.


2004 yilda Mourino "CHelsi" bosh murabbiyiga aylanganidan so'ng mashhur Karlo Kudichinining o'rniga deyarli hech kim tanimaydigan 22 yoshli Petr CHexni "aristokrat"ga aylantiradi. Natija yomon emas - faoliyatining asosiy qismini "CHelsi"da o'tkazgan CHex bugungi kunda APL rekordchilaridan biri hisoblanadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика