Jovanni Gonsales: "Keyingi raqib haqida o'ylaganimiz yo'q"
26 sen 2024 18:43
Yangiliklar
Jovanni Gonsales: "Keyingi raqib haqida o'ylaganimiz yo'q"
Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/8 finali doirasida Afg'onistonga qarshi o'yindan so'ng (3:1) Paragvay darvozaboni Jovanni Gonsales saytimizga intervyu berdi.
"Bugun juda og'ir o'yin o'tkazdik, bunday bo'lishini bilardik. Sababi mundialdan avval Afg'oniston bilan to'qnash kelgan edik, o'shanda tengma-teng kurash kechgandi. Hammasi yaxshi yakunlanganidan mamnunman. Ayniqsa, hisobda ortda boraturib, vaziyatni o'z tomonimizga og'dirganimizdan juda xursandman. Endi dam olamiz va g'alabadan zavq olamiz.
Keyingi raqib haqida o'ylaganimiz yo'q, hozir faqat o'zimiz haqida o'ylashimiz va chorak finalga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak", dedi Gonsales.
Eslatib o'tamiz, Paragvay terma jamoasi chorak finalda Tailand — Franciya juftligi g'olibi bilan bellashadi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar