Jorjino: "CHelsi"da birdaniga asosiy tarkibda o'ynashimga sabab Sarri bo'lgandi"
23 sen 2023 11:55
Yangiliklar
Jorjino: "CHelsi"da birdaniga asosiy tarkibda o'ynashimga sabab Sarri bo'lgandi"
"Arsenal" futbolchisi Jorjino "to'pchilar"da asosiy tarkibda o'ynamayotganiga fikr bildirdi.
"O'zim o'ynagan barcha jamoalarda asosiy tarkib uchun kurashganman. Faqatgina "CHelsi"ga men asosiy futbolchi sifatida borganman, chunki u erda meni biladigan Mauricio Sarri bosh murabbiy edi. Menga bunday chaqiruvlar yoqadi. Albatta, o'zim ham boshqa futbolchilar kabi g'alabalarga katta hissa qo'shishni istayman. Barcha futbolchiga o'zini ko'rsatish uchun vaqt beriladi.
Bu hali chempionatning boshlanishi. Oldinda qilishini kerak bo'lgan ishlar ko'p va bu oson bo'lmaydi. Hotirjamlikni saqlab qolish, chin yurakdan mehnat qilish kerak. APLda oson ish bo'lmaydi. Ko'ramiz, oxiri qanday yakunlanarkin. Bizda imkoniyatlar yaxshi, tarkib ham", - dedi Jorjino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar