So’nggi yangiliklar

22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  43 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  15 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1

Jorje Braz: "Portugaliya futzalchilari sportchi bo'lish nimani anglatishini ko'rsatishda davom etayotgani faxr tuyg'usini baxsh etadi" Yangiliklar

Jorje Braz: "Portugaliya futzalchilari sportchi bo'lish nimani anglatishini ko'rsatishda davom etayotgani faxr tuyg'usini baxsh etadi"

Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi terma Jahon chempionatidan chiqib ketganiga qaramay, portugaliyalik futzalchilar bilan faxrlanishini takidlab, kelajakka ishora qildi.

Portugaliya terma jamoasi musobaqaning 1/8 finalida Qozog'istondan (2:1) mag'lub bo'lgach, JCH-2024 bilan xayrlashdi. Terma jamoa bosh murabbiyi Jorje Braz o'yindan so'ng quyidagi fikrlarni bildirdi:

"To'g'risini aytsam, qilingan barcha ishlardan, to'g'ri yo'l tutganimizdan g'ururlanaman. JCH biz uchun bugun yakunlanishini xohlamagan bo'lardik, chunki hamma xodimlar mehnat qilgan va fidoyilik ko'sratgandi. Ko'p vaqt davomida ular bilan birga ishladik va bir maqsad yo'lida faoliyat yuritdik. Eng muhimi, Bernardo va Pauleta qatori 14 kishi fantastik sportchilardir. Ular sportchi bo'lish nimani anglatishini ko'rsatishda davom etayotgani faxr tuyg'usini baxsh etadi.

Portugaliya futzali bilan juda faxrlanaman. Hozir hammamizga qiyin, zo'rg'a nafas olyapman, chunki og'ir kun bo'ldi. Men o'zimdan mamnun emasman, ammo men bu jarayonni boshdan o'tkazishga majburman. Bundan to'g'ri saboq chiqarishimiz kerak.

Musobaqani bu tarzda tark etish qiyin, chunki maqsadimizga erisholmadik. Futzalchilar qilgan barcha ishlari bilan faxrlanishlari kerak. Endi bir necha kun dam olish vaqti keldi. Ozroq hordiq chiqaramiz va Evropa chempionati saralashida qatnashamiz. Biz ikki karra Evropa chempionimiz va uchinchi marta g'oliblik uchun kurashamiz. Boshimizni baland ko'tarib, qilgan har bir ishimizdan g'ururlanishimiz lozim".

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика