So’nggi yangiliklar

00:33Шацких: "Ҳужумда эса бизга охирги узатма ёки зарба етишмади"  3 00:05Роналду 30 ёшга тўлганидан бери 450та гол урди  5 23:37Шавкат Мирзиёев - Ўзбекистон Миллий Олимпия қўмитасининг раиси  11 23:20"Ал Аҳли" муддатидан аввал кейинги босқичда, Роналдунинг голлари "Ал Насср"га 3 очко тақдим этди  16 22:54Элит ОЧЛ. "Истиқлол" ва "Пахтакор" ўртасидаги зерикарли ўйинда ҳисоб очилмади  43 22:30Ансу Фати Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  1 22:20"Барселона"нинг XXI асрдаги энг яхши футболчилари  13 21:25Британия топ-клублари Шотландия ёшлар терма жамоаси сардорини кузатишмоқда  0 20:45"Эвертон" собиқ футболчисига ҳайдовчи бўлиб ишлаш таклиф қилинди  1 19:45Элит ОЧЛ. "Истиқлол" – "Пахтакор". Таркиблар эълон қилинди. Машарипов бошланғич таркибдами?  18 19:20"Sky Sports"нинг Рубен Аморим билан жонли эфирда уюштираётган суҳбатини бузиб қўйган Эд Ширан кечирим сўради  0 18:55"Нефтчи" – "Насаф" баҳсида қаршиликлар футболчисини четлатиш учун асос бўлмаган — Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  9 18:24"Астон Вилла" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 17:58"Реал" "Ливерпул"га қарши ўйин олдидан жиддий йўқотишга учради  21 17:31Салоҳ: "Деярли декабрь бўлди ва мен клубда қолиш учун бирорта ҳам таклиф олмадим"  4

Joriy yozda eng ko'p pul sarflagan 10ta klub Yangiliklar

Joriy yozda eng ko'p pul sarflagan 10ta klub

"Sevilya" va "Aston Villa" PSJ va "Manchester Siti"dan ko'p xarajat qildi.

Transfer oynasi hali yopilmadi, ammo ko'plab klublar tarkibni deyarli yig'ib bo'ldi. Ayniqsa inglizlar, chunki ularda chempionat joriy hafta oxirida start oladi. Transferlarga hammadan ko'p pul sarflagan 10ta klubning xarajatlarini hisoblasak, 1,5 mlrd. evrodan ko'proqni tashkil qiladi. Ro'yxatdagi bazilar sizni hayron qoldirishi mumkin.


10. "Arsenal", 117 mln. evro

Kutilmaganda: "Arsenal" va qimmat xaridlar? Ha, londonliklar ko'p pul sarflashga tayyor, buni "Lill"dan 80 mln. evroga xarid qilingan Nikolya Pepe transferi isbotlaydi. Kelishuv shartlari malum emas, ammo to'lov bir necha yilga cho'zilgani aniq. "Real"dan Dani Sebalos ijaraga olindi. Vilya Saliba uchun "Sent-Eten"ga 30 mln. evro to'lanadi. Biroq jamoaga hali ham himoyachi kerak, ikkita bo'lsa yana yaxshi. Ortiqchalar ham bor, biroq ularni sotib bo'lmayapti.


9. "Bavariya", 118 mln. evro

"Bavariya" eng ko'p pul sarflayotganlar ro'yxatida yuqoriroq bo'lishi mumkin edi. Robben va Riberning o'rniga tuzukroq futbolchi olish kerak, hozircha qanotlarda Kingsli Koman va Serj Gnabri o'ynayapti. Biroq himoyada hammasi yaxshi: 35 mln. evroga Benjamen Pavar va 80 mln. evroga Lyuka Ernandes xarid qilindi. Bu yigitlar qanot va markazda himoyalana olishadi. Qanot hujumchilariga to'xtaladigan bo'lsak, Leroy Sane borasidagi muzokaralar qizg'in pallada. Agar bu transfer amalga oshsa, u myunxenliklarni yuqori o'ringa olib chiqadi: "Manchester Siti" Saneni 120 mln. evroga sotmoqchi.


8. "Sevilya", 124 mln. evro

"Sevilya" odatda o'z futbolchilarini qimmatga sotib, narxi past bo'lgan o'yinchilarni sotib oladi. Biroq hozir klubda katta o'zgarishlar ro'y bermoqda: Sport direktor Monchi qaytdi, "Real" sobiq ustozi Xulen Lopetegi "Sevilya" bosh murabbiyiga aylandi, tarkib yangilanmoqda. Asosiy sotuvlar: Sarabiya, Promes va Muriel birgalikda klubga 50 mln. evroga yaqin daromad keltirishdi. Endi xaridlar haqida: CHap vinger Lukas Okampos (15 mln. evro), ikki markaziy hujumchilar - Lyuk de Yong va Munas Dabbur (15 va 12 mln. evro), Xitoydan tekinga kelgan Nemanya Gudel va 5 ml. evroga olingan tayanch yarim himoyachisi Fernando (o'sha "Siti"da o'ynagan futbolchi). "Sevilya"ning transfer siyosatida katta o'zgarish bo'lganini sezish qiyin emas: Endi klub tajribali va yoshi katta futbolchilarni xarid qilmoqda. Ammo iqtidorli va yosh yigitlar ham bor: ikki yosh markaziy himoyachilar ("Bordo"dan Jyul Konde va "Ayaks"dan Maks Veber) uchun 35 mln. evro to'landi. "Sevilya" ko'p pul sarflayapti va deyarli yangi tarkibga ega bo'lmoqda. Ular bir-biriga ko'nika olarmikin?


7. "Borussiya" Dortmund, 127 mln. evro

"Borussiya" Bundesligada chempionlik uchun oxirigacha "Bavariya" bilan kurashdi: Imkoniyatni boy berdi, ammo yaqin edi. Myunxenliklar safidan 30 mln. evroga Xummels xarid qilindi. CHap qanot himoyasiga "Xoffenxaym"dan Niko SHulc olib kelindi, buni kuchayish deb bo'lmaydi, ammo raqobat oshadi. Yulian Brandt va Torgan Azar bosh murabbiy Lyusen Favrga tanlovda muammo tug'diradi, ikki futbolchi uchun 50 mln. evro to'landi. Dortmundliklar safini katta mablag' evaziga tark etganlar hozircha bitta: Abdu Diallo 30 mln. evro evaziga PSJ futbolchisiga aylandi.


6. "Aston Villa", 149 mln. evro

APLga qaytgan "Aston Villa" deyarli butun bir jamoaga etadigan futbolochi yig'ib qo'ydi: Bunaqasini o'tgan mavsum ham ko'rgandik. "Fulxem"ning rejasi ish bermadi, "Villa" esa London klubning o'tgan yilgi xarajatlaridan ko'proq pul sarfladi. 149 mln. evro - APL klubi uchun ham katta pul, ammo bu mablag' 12 nafar futbolchi uchun ishlatildi. "Bryugge"dan Uesli - jamoaning yangi yangi forvardi (Temmi Abraxam "CHelsi"ga qaytdi), uni 25 mln. evroga sotib olishdi. Markaziy himoya chizig'iga bir necha o'yinchi xarid qilindi. 25 mln. evro evaziga Born Engels, Kortni, Xaus, Esri Konsa sotib olindi. Yana 25 mln. evro yarim yil ijarada o'ynagan Tayron Mingsga sarflandi. "Manchester Siti"dan Duglas Luis (18 mln. evro) va "Bryugge"dan Marvelos Nakamba (12 mln. evro) jamoa yarim himoyasini kuchaytirishi kerak, Trezege va Xota esa hujum qanotlarini. Yangi darvozabon paydo bo'ldi: 9 mln. evro evaziga "Byornli"dan 33 yoshli Tom Xiton sotib olindi, biroq asosiy tarkib uchun yana ikki posbon bor (Oryan Nuland va Lovre Kalinich). Umuman olganda bosh murabbiy Din Smit kim maydonga tushishini hal qiladi. Biroq hozircha hech kim sotilmadi.



5. "Yuventus", 151 mln. evro

Italiya chempioni muammoli poziciyalarni kuchaytirmoqda. "Keksa sinora" bir evro sarflamay yarim himoyaga Aaron Remsi va Adrien Raboni olib keldi (ularning maoshi katta), himoya markazi esa Mateys de Ligt bilan kuchaytirildi - 19 yoshli "Ayaks" sardori o'tgan mavsum kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. U uchun 85 mln. evro sarflandi, bu mablag' ichida agentlik foizlari ham bor, chunki de Ligt Mino Rayola bilan ishlayapti.

"Yuve"ning boshqa yangi futbolchilari - Luka Pellegrini, Merix Demirel va Kristian Romero. Ular uchun 66 mln. evro to'landi. Ammo xarajatlar uchun Turin klubini tanqid qilishga shoshmang: Avvaliga ular kimni sotayotganiga boqin. Leonardo Spinaccola "Roma"ga, Stefan Sturaro "Jenoa"ga, Rikardo Orsolini "Bolonya"ga, Emil Audero "Sampdoriya"ga, Alberto CHerri "Kalyari"ga pullandi. Ha, vahimali nomlar emas, biroq "Yuve" ushbu transferlardan 100 mln. evro ishlab oldi! Yana Moyze Kin 29 mln. evro evaziga "Everton"ga berildi. Bu kelishuvni foydali deyish qiyin, ammo umuman olganda "Yuventus" transfer balansini deyarli tiklab bo'ldi.


4. "Manchester Yunayted", 159 mln. evro

Britaniyalik uch futbolchi va ularning biri superyulduz emas. Deniel Jeyms uchun 17 mln. evro, Aaron Uan-Bissakaga 55 mln. evro va Garri Maguayr uchun 87 mln. evro: "Manchester Yunayted" o'z tarixida ilk marotaba bitta oynada shuncha pul sarfladi. Endi bir yil oldin 60 mln. evro turgan Maguayrni xarid qilishga uringan Joze Mourinyuni eslang. Ammo bu MYUning uslubi - ular kerakli futbolchilar uchun ortiqcha pul sarflashni yaxshi ko'rishadi. Umuman olganda klub yaxshigina pul ketkazdi, endi forvard xarid qilish uchun Lukakuni sotish kerak: Belgiyalik Sulsher rejalariga kirmaydi. Hozircha sotuvdan bir cent tushgani yo'q: Errera va Valensiya tekinga ketishdi.


3. "Atletiko", 244 mln. evro

SHartnomada ko'rsatilgan 126 mln. evro evaziga sotib olingan Joau Felish "Atletiko"ning asosiy xaridi hisoblanadi. Bu xarajat "Barselona" Grizmann uchun to'laydigan 120 mln. evro bilan qoplanadi. Ha, tovon pullari aqldan ozdiradigan darajada, ammo qolgan transferlar haqiqatga yaqin narxda amalga oshirildi. "Portu"dagi Ektor Errera tekinga olib kelindi, "Tottenxem"dagi Kiran Tripper uchun 30 mln. evro sarflandi. Braziliyalik yosh himoyachiga 20 mln. evro to'landi. 40 mln. evro sarflangan ikki markaziy himoyachilar Ermoso ("Espanol"dan) va Felipe ("Portu"dan) "Inter"ga ketgan Diego Godin o'rnini to'ldira olishi kerak. Endi asosiysi: "Atletiko" bunday xarajatlardan so'ng zararga kirmadi, xatto foyda ham topdi. Qanday qilib? Sotilgan futbolchilar ro'yxatiga etibor bering. Bor-yo'g'i 3 futbolchi: Grizmann, Rodri va Ernandes klubga xaridlar uchun ishlatilganidan ko'proq daromad keltirdi. Lusano Vetto va Jelson Martinshning sotuvini hisobga olmasak, avvalgi uch transferdan hisobga 270 mln. evro tushgan.


2. "Barselona", 255 mln. evro

"Atletiko"dan farqli o'laroq, "Barselona" hozircha zararda. Asosiy muammo: Koutinoga xaridor yo'q. Klub unga jamoa topishga urinmoqda, biroq hozircha harakatlar besamar ketmoqda. ammo boshqalar ketdi: Malko (40 mln. evro), Sillessen (35 mln. evro), Gomesh (25 mln. evro), Denis Suares (13 mln. evro) va Alkaser (21 mln. evro). Sotuvlardan tushgan umumiy mablag' 126 mln. evro, ammo u xarajatlarni qoplay olmaydi. CHunki "Barselona" sotib olgan Frenki de Yong va Antuan Grizmann 200 mln. evroga tushdi. Bundan tashqari Junior Firpo ham jamoa safiga qo'shib olindi.


1. "Real", 300 mln. evro

Birinchi uchlik faqat ispan klublaridan tashkil topgan. APLdagilar, bunga nima deysiz? "Real" xarid va sotuvlar o'rtasidagi farq bo'yicha ham birinchi o'rinda. Eden Azar uchun 100 mln. evro ajoyib xarid. Boshqa transferlarning narxi va sifati so'roq ostida. "Lion"dan olingan Ferlan Mendi uchun 50 mln. evro sarflandi, u Marselo bilan raqobatchi bo'ladi. "Santos"dan olingan Rodrigo uchun 45 mln. evro to'ladi. Eder Militao "Portu"ga 50 mln. evro, Luka Yovich esa "Ayntraxt"ga 60 mln. evro foyda keltirdi. 5 yangi futbolchi uchun 300 mln. evro.

Sotuvlar ham bor: Ernandes va de Tomas 20 mln. evrodan foyda keltirdi, "Atletiko" Lorente uchun 30 mln. evro to'ladi, "CHelsi" Kovachichni 45 mln. evroga sotib oldi. Ammo Pol Pogbani xarid qilish uchun bu kamlik qiladi. Sotish kerak, ammo Xamesga davogarlik qilayotganlar talab qilinayotgan pullarni to'lashga tayyor emas, Beyl esa hech kimga kerak emas.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика