Jordan Xenderson faoliyatini Evropaning TOP jamoasida davom ettirishi mumkin
13 jan 2024 09:32
Yangiliklar
Jordan Xenderson faoliyatini Evropaning TOP jamoasida davom ettirishi mumkin
“Al Ittifoq” sardori Jordan Xenderson Saudiya Arabistonini tark etishga yaqin.
Yarim himoyachi Osiyo mamlakatiga moslashishda qiyinchiliklarga uchramoqda va shu sababli u jamoani tark etmoqchi. Janluka Di Marcioning malum qilishicha, 33 yoshli futbolchiga Italiyaning “Yuventus” klubidan taklif bor. Turinliklar ingliz futbolchini ijaraga olishni reja qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Angliya terma jamoasi xavbeki 2023 yilning yozida 12 mln. funt evaziga "Liverpul"dan Saudiya Arabistonining "Al Ittfoq" jamoasiga o'tgan edi. U kelishuvning 3 yillik davri mobaynida "Liverpul"dagi maoshidan 4 baravar ko'p daromad topishi belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar