So’nggi yangiliklar

14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  0 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  5 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  1 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  9 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  8 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  5 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  10 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  5 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  27 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  3 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  15 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  2 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  4

Joel Kojo: "Oyliklar to'lanmayotgani rost, ammo futbolchilar faqat futbol haqida o'ylashi kerak" Yangiliklar

Joel Kojo: "Oyliklar to'lanmayotgani rost, ammo futbolchilar faqat futbol haqida o'ylashi kerak"

Samarqandning "Dinamo" va Qirg'iziston milliy terma jamoasining futbolchisi Joel Kojo saytimizga kichik intervyu berdi

- Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz?

- Qiziqarli o'yin bo'ldi. Bugungi rejamiz biroz ish bermadi va shu sababli g'alaba qozona olmadik. Ikki jamoa ham bir-biriga juda munosib edi. Bir ochkoni qo'lga kiritdik, endi esa keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.

- "Dinamo" yaxshi tarkib yig'di, ammo jamoaning natijalari hozircha yaxshi emas. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

- Bu savolga javobni bilmayman. Jamoa mehnat qilmoqda, ammo tashqi faktorlar ko'p. Ijtimoiy tarmoqlarda biz haqimizda yozilayotgan xabarlardan o'zingiz ham xabardorsiz. Oyliklar kechikmoqda, ammo shunga qaramay biz faqat futbol haqida o'ylashimiz kerak. Bu bizga bahona bo'la olmaydi. Natijalarni yaxshilasak barchasi o'z joyiga tushadi.

- Oyliklar o'z vaqtida berilmayotganining sababini bilasizmi? Bosh murabbiy Vadim Abramov ham ushbu muammo haqida gapirib o'tdi?

- Men futbolchiman va mening vazifam maydonda yaxshi futbol o'ynash. Butun jamoaga oylik to'lanmayapti. Aniq sabablarni bilmayman, ammo barchasi tez orada o'z joyiga tushishiga ishonaman. Futbol haqida o'ylashimiz kerak. Barchasi yaxshi bo'ladi.

- Iyun oyining avvalida Qirg'iziston terma jamoasi JCH-2026 saralashi ikkinchi bosqichidagi so'ngi o'yinlarni o'tkazadi. Qirg'iziston terma jamoasi keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyat ega. Malayziya va O'monga qarshi bahslar haqida nimalar deya olasiz?

- Klubda vaqtim terma jamoa haqida gapirishim noto'g'ri. Hozir klubdagi o'yinlarim haqida o'ylashim kerak. Qirg'iziston terma jamoasini keyingi bosqichga olib chiqish uchun borimizni beramiz. Bu savolingizga terma jamoada javob bera olaman.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика