Jo Koul: "Antoni qari emas, u hali yuqori darajasiga chiqishi kerak"
24 sen 2024 12:38
Yangiliklar
Jo Koul: "Antoni qari emas, u hali yuqori darajasiga chiqishi kerak"
"CHelsi" sobiq futbolchisi Jo Koul "Manchester Yunayted" futbolchisi Antoni nima uchun APLda o'zini ko'rsata olmayotgani haqida gapirdi.
"Gap shundaki, u Eredivizie uchun ideal futbolchi. Biroq jismonan talablar boshqacha bo'lgan APLda u qiynalmoqda.
U ajoyib texnikaga va mahoratga ega tirishqoq futbolchi. Antoni "Barnsli"ga qarshi o'ynini ko'rish yoqimli bo'ldi, lekin men bu mavsum u MYUning asosiy tarkibining muhim azosi bo'lib, jamoa o'yiniga tasir o'tkaza olganini ko'rmadim hamda buni o'zgartirishi ham qiyin bo'ladi.
O'ylashimcha, "Manchester Yunayted" Antoni bilan baribir xayrlashadi. U hali qari emas, barchasi yaxshi ketsa, yaqin yillarda u o'zining eng zo'r formasiga chiqadi. Nazarimda, u ligani alishtirishi kerak".

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar