Jiddada FIFAning 2023 yilgi sammiti bo'lib o'tdi
22 dek 2023 17:55
Yangiliklar
Jiddada FIFAning 2023 yilgi sammiti bo'lib o'tdi
Unda tashkilotga azo mamlakatlar qatorida O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligidagi O'zbekiston vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda FIFA prezidenti Janni Infantino va azo mamlakatlar vakillari tomonidan kelgusi yilda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan rejalar va dasturlar, akademiyalar va istedodlarni rivojlantirish sxemasi, hakamlik loyihalari, Ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati, FIFAning turli diskriminaciyalarga qarshi dasturi hamda musobaqalar borasidagi yangiliklar masalalari muhokama qilindi.


Sammitida 2023–2027-yillarga mo'ljallangan strategik maqsadlarini aytib o'tdi va FIFA dunyoni futbol orqali birlashtirish vazifasini yana bir bor etirof etdi.
"FIFA 211 ta associaciya, 211 davlatdan iborat ittifoq bo'lib, ushbu mamlakatlarning har biri aynan bir xil majburiyatlarga ega va bu o'zaro hurmatga asoslangan hamkorlikdir. Agar bunday hurmatga erishsak, FIFA o'z yo'lida davom etadi, gullab-yashnaydi, kengayadi va dunyoni futbol orqali yaxshi tomonga o'zgarishiga o'z hissasini qo'shishi mumkin", - dedi Janni Infantino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar