So’nggi yangiliklar

08:35“Байер“ Флориан Вирцга нарх белгилади  0 08:05Суперлига. "Сурхон" — "Сўғдиёна" 2:1  2 08:03Аморим навбатдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  2 07:33Суперлига. Бугун 3 та учрашув бўлиб ўтади  3 02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  12 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  3 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  5 00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  2 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   19 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  3 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  1 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1

JCH-2024. 1-tur. Paragvay - Kosta-Rika. Prevyu Yangiliklar

JCH-2024. 1-tur. Paragvay - Kosta-Rika. Prevyu

Bugun futzal bo'yicha 2024 yilgi jahon chempionatiga start beriladi.

Paragvay — Kosta-Rika

"A" guruhi, 1-tur

Humo arena, Toshkent

17:30


FIFA reytingidagi o'rni

Paragvay (13)

Kosta-Rika (31)

Uchrashuv haqida

Kosta-Rika futzalning eng yirik musobaqasidagi o'zaro yagona qarama-qarshilikda ikki gol farqi bilan ortda qolayotganiga qaramay, yakunda Paragvayni 6-3 hisobida mag'lub etgan. Endilikda jamoa Minor Kabalcheta va Milinton Tijerino bilan yana bir kutilmagan g'alabaga erishishga urinib ko'radi. Karlos CHilavert esa imkoniyati yuqori baholanayotgan guruh bosqichini "oq-qizillar"ning ishonchli g'alaba bilan boshlashi uchun Damian Mareko va Xaver Adolfo Salasga tayanadi.

O'yin haqida fikrlar

"Paragvay yirik turnirlarda doimiy qatnashuvchi jamoa hisoblanadi. Ular ko'p yillar mobaynida Evropada o'ynagan murabbiyga ega. Qolaversa, tarkibdagi ko'plab futzalchilar Evropada, ayniqsa Italiyada to'p tepishadi. Janubiy Amerikada ular juda izchil jamoa sanaladi", dedi Kosta-Rika murabbiyi Aleks Ramos.

"Kosta-Rika jismonan baquvvat jamoa, shu bois ularga qarshi o'ynash qiyin. Biz har tomonlama tayyorlanyapmiz, chunki guruh kuchli jamoalardan iborat ekanligini bilamiz, lekin birinchi o'rinda keyingi bosqichga yo'l olishimizga ishonamiz", dedi Paragvay tayanch yarim himoyachisi Arnaldo Baez.

Qiziqarli malumotlar

Karlos CHilavert avvalgi jahon chempionatlarida o'ynagan ishtirokchi to'rtta murabbiydan biri sanaladi. Asunsionlik futbolchi 2004 va 2008 yillardagi mundialda ishtirok etib, Paragvayga Italiya va Portugaliyani ortda qoldirib, guruh peshqadami bo'lishiga yordam bergan.

Edvin Kubilo uchta mundialda gol urgan birinchi kosta-rikalik futzalchi bo'lishga harakat qiladi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика