So’nggi yangiliklar

19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  0 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  3 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  2 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  5 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  8 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2

JCH-2018 yulduzlari. Ulardan qay biri Rossiyada g'alabaga erisha oladi? Yangiliklar

JCH-2018 yulduzlari. Ulardan qay biri Rossiyada g'alabaga erisha oladi?

Teglar :  JCH-2018Rossiya
JCH-2018da ishtirok etadigan ko'plab yulduz futbolchilarining Rossiya maydonlarida to'p tepish tajribasi bor.

Quyida Germaniya, Belgiya, Argentina va Portugaliya termasi futbolchilarining Rossiya bilan bog'liq bo'lgan eng qaynoq xotiralar bilan bo'lishamiz.

Yulian DRAKSLER
Germaniya terma jamoasining yarim himoyachisi

Rossiyadagi esda qolarli o'yini: CHili — Germaniya — 0:1
Qachon: 2017 yil 2 iyul
Qaerda: Sankt-Peterburg, “Sankt-Peterburg stadioni”

Yulian Draksler — Rossiya-2017da Germaniya termasi tarkibida FIFA Konfederaciya Kubogida “bundestim”lar bilan bo'lgan 5ta bahsda eng yaxshi 3 futbolchi (Sebastyan Rudi va Yozua Kimmix)dan biri. U barcha uchrashuvda, shu bilan birga, CHili bilan bo'lgan finalda ham yaxshi etakchi ekanini isbotlay oldi. Yuqori tezlik, yaxshi zarba, noyob usul va birga bir o'ynay olish uslubi 23 yoshli yarim himoyachi markazda “yonishi” va qiyin vaziyatda sheriklariga yordam bera olishiga imkon berdi.
Draksler Germaniya tarixida nafaqat eng yosh sardor, balki Konfederaciya Kubogidagi eng yosh etakchi bo'ldi va turnirning eng yaxshi o'yinchisi sifatida “Oltin to'p”ni qo'lga kiritdi.

Iqtibos
“Draksler turnirda butun masuliyatni bo'yniga olib, maydonda ajoyib rahbar bo'la oldi. U juda kirishimli va uni jamoamizdagi eng aqlli futbolchi deyish mumkin. Hamma uning ortidan ergashadi, maslahatlashadi. U bilan bir jamoada o'ynash ajoyib bo'ldi”, — deydi Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev.


Romelu LUKAKU
Belgiya terma jamoasining hujumchisi
Rossiyadagi esda qolarli o'yini:
Rossiya – Belgiya – 0:2
Qachon: 2010 yil 17 noyabr
Qaerda: Voronej, Markaziy stadioni

Joriy yilning sentyabr oyi, UEFA CHempionlar Ligasida “MYU”ning belgiyalik forvardi tanaffusga qadar 2ta gol urib, Moskva CSKA jamoasi mag'lubiyatga uchrashida katta hissa qo'shdi (4:1). Lekin bu Igor Akinfeev darvozasiga kiritgan ilk gollari emas edi. U avval ham dubl qilgan: 2010 yil Voronejda bo'lib o'tgan o'yinda ham Lukaku darvozabonni ikki marotaba jahlini chiqargan edi.

O'sha uchrashuvning 2-daqiqasidayoq forvard hisobni ochgan va bu Belgiya ishonchiga erishishida 17 yoshli Lukakuga qo'l kelgan. 7 yil ichida hujumchi terma jamoa hisobiga 31ta to'p kiritdi. Xo'sh, 2018 yilgi Jahon CHempionatida darvozani ishg'ol eta olarmikan?

Iqtibos
“2 imkoniyat va Lukukaning 2ta goli! Biz Arshavinni o'yindan butunlay chetlatib ko'yib, darvozamiz yonida biron narsa yaratishiga yul ko'ymadik. Hozirda jaxondagi 10ta eng kuchli jamoalar katoriga kiruvchi Belgiya terma jamoasi aynan Voronejda dunyoga kelgan deb hisoblayman”, — deydi Belgiyaning sobiq murabbiyi Djordj Likens.



Lionel MESSI
Argentina terma jamoasining hujumchisi
Rossiyadagi esda qolarli o'yini: 
“Spartak” — “Barselona” - 0:3
Qaerda: 2012 yil 20 noyabr
Qachon: Moskva, “Lujniki” stadioni

Messi Argentina terma jamoasi tarkibida ikki marotaba Rossiyaga kelgan va CHempionlar Ligasi guruh bosqichida 3 martta qatnashgan. Leoni 2012 yil “Spartak” bilan bo'lgan bahsdagi chiqishini eslasa arziydi. 68ming tomoshabin bo'lgan “Lujnika” stadionida forvard dubl qilgan. Avvaliga u muvaffaqiyatli o'yin olib bordi, keyin esa darvozabon bilan birga bir chiqdi.

Uchrashuvdan so'ng eng yaxshi o'yinchi deb elon qilingan Messi maydondagi suniy chim noqulay ekanini takidlagan. 5 yil o'tgach, “Lujniki” stadioni qayta tamirdan chiqqanidan so'ng, Rossiya terma jamoasi bilan bo'lgan o'yinda (1:0) forvard faqat ijobiy fikrlar bildirdi. Qiziq, Argentina terma jamoasi etakchisiga Rossiya JCH-2018da gol urishi nasib etarmikan?!

Iqtibos
“Men allaqachon “Spartak”ga qarshi “Lujnika”da o'ynab bo'lganman. Hozirda u butunlay boshqacha, zamonaviy, katta, chiroyli va shu bilan birga, juda qulay stadion”, — deydi Lionel Messi 2017 yil Rossiya-Argentina o'yinidan so'ng bergan intervyusida.


Krishtianu RONALDU
Portugaliya terma jamoasining hujumchisi
Rossiyadagi esda qolarli o'yini: 
“MYU” — “CHelsi” – 1:1 (6:5 penaltilar seriyasi)
Qachon: 2008 yil 21 may
Qaerda: Moskva, “Lujniki” stadioni

Portugaliyalik Rossiyada ko'p maydonga tushgan. FIFA 2017 Konfederaciya Kubogida Portugaliya va UEFA CHempionlar Ligasida “Real” tarkibida darvozalarni ishg'ol etgan. Biroq, Rossiyadagi eng katta yutug'i deb 2008 yil “MYU” bilan bo'lgan uchrashuvi deb biladi.

“Lujniki”da “CHelsi” bilan bo'lgan finalda Ronaldu hisobni ochib bergan. O'yindan so'ng, portugaliyalik hujumchi “MYU” safida penaltidan gol ura olmagan yagona futbolchiga aylandi. O'sha kecha portugaliyalik jamoasi safida nuqtadan adashgan yagona futbolchi edi. Ammo omad baribir manchesterliklar tomonda bo'lgan.

Iqtibos
“Men avval ham Rossiyada o'ynaganman va aynan Moskva CHempionlar Ligasida dastlabki g'alabamni qo'lga kiritganman. Oxirgi Konfederaciya Kubogida qo'ldan kelgancha harakat qildik, lekin g'alaba qozona olmadik. Umuman olganda, bu bizga qiziqarli va foydali tajriba bo'ldi”, — deydi Krishtianu Ronaldu.


Nozima Zaripovaning FIFA.COM saytidan tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика