UEFA to'xtalishlar soni ko'payishi tufayli VAR vakolatlarini kengaytirmoqchi emas
23 iyu 19:15
Yangiliklar
UEFA to'xtalishlar soni ko'payishi tufayli VAR vakolatlarini kengaytirmoqchi emas
Avvalroq Xalqaro futbol associaciyalari kengashi (IFAB) VARga ikkinchi sariq kartochka va noto'g'ri belgilangan burchak to'pi epizodlariga aralashishga ruxsat berishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi. Shuningdek, penaltida darvozabon seyvidan so'ng ikkinchi zarbani berish taqiqlanishi mumkin.
The Times xabariga ko'ra, UEFA rahbariyati VAR vakolatlarini kengaytirishga qarshi chiqadi – uyushmada to'xtalishlar sonining ko'payishi video yordamchilarning qo'shimcha aralashuvi foydasini yo'qqa chiqarishi mumkin deb hisoblaydi.
Shuningdek, UEFA penalti ijrosi qoidalarini o'zgartirish tashabbusini ham qo'llab-quvvatlamaydi.
Takidlanishicha, UEFA rahbarlari 2023 yil mart oyida IFAB futbol qoidalariga ular bilan maslahatlashmasdan bir qator o'zgarishlar kiritganidan norozi. Ushbu o'zgarishlardan biriga ko'ra, endi agar darvozabon to'pni qo'lida 8 soniyadan ko'proq ushlab tursa, hakam burchak to'pini belgilaydi.
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar