So’nggi yangiliklar

11:23"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Сойибов Комроншоҳ  0 10:58"Реал Мадрид"нинг келаси ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  0 10:27Goal нашри тен Хаг давридаги МЮнинг энг яхши трансферлар рейтингини тузиб чиқди  4 09:55Кевин де Брюйненинг навбатдаги клуби деярли маълум  2 09:29"Барселона" ҳали ҳам Левандовски трансфери бўйича еттита клубдан қазрдор  4 09:00Жаҳон чемпионати учинчи саралаш босқичининг муҳим ўйинлари олдидан ЎФА президенти Абдусалом Азизов миллий жамоа билан учрашди  6 08:26Греция терма жамоаси аъзоси уйидан ўлик ҳолда топилди  0 08:00ЖЧ саралаш. Бугун терма жамоамиз Эронга қарши баҳс олиб боради  33 00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  4 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  1 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  2 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  11 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  11 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4

JCH-2018 qurasigacha... Yangiliklar

JCH-2018 qurasigacha...

Teglar :  JCH-2018QuraRossiya
Bugun Rossiya poytaxti Moskvada 2018 yil bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Moskvadagi Kreml saroyida o'tadigan tadbir Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi. Ushbu sahifada siz bugungi marosimgacha bo'lgan jarayonlarni kuzatib borishingiz mumkin.


01.12.2017, 20:00
Moskva, Kreml saroyi
JCH-2018 qurasi

Bugun hamma yo'llar Moskvaga eltadi.


Mundialga yo'llanma olgan 32ta terma jamoa oktyabr oyidagi FIFA reytingiga asosan 4ta savatchaga ajratildi. Mezbon Rossiya avtomatik ravishda birinchi savatchadan joy oldi.


Birinchi savatcha: Rossiya, Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Argentina, Belgiya, Polsha, Franciya
Ikkinchi savatcha: Ispaniya, Peru, SHveycariya, Angliya, Kolumbiya, Meksika, Urugvay, Xorvatiya
Uchinchi savatcha: Daniya, Islandiya, Kosta-Rika, SHveciya, Tunis, Misr, Senegal, Eron
To'rtinchi savatcha: Serbiya, Nigeriya, Avstraliya, Yaponiya, Marokash, Panama, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni

Har bir guruhdan bir qitadan faqat bittadan jamoa joy oladi. Faqat Evropa qitasi bundan mustasno. Bitta guruhda Evropadan maksimum ikkita jamoa bo'lishi mumkin.


Bugungi marosimda bevosita qura tashlash marosimini olib boradigan boshlovchi Gari Lineker kecha tug'ilgan kunini Moskvada nishonladi.

Kecha, 30 noyabr kuni 57 yoshni qarshi olgan Linekerni yonidagilar (o'ngdan): Nikita Simonyan, Mariya Komandnaya, Loran Blan, Gordan Benks, Kafu, Gari Lineker, Fabio Kannavaro, Karles Puyol va Diego Forlan.

12:30. Kreml saroyida marosimga tashkiliy tomonlama olib borilgan tayyorgarlik jarayonlaridan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.


FIFA muxlislar Festivali elchilari Aleksandr Kerjakov hamda Marsel Desayi.

Qura tashlash jarayonini Gari Lineker bilan birga olib boradigan maftunkor Mariya Komandnaya.


Bugun qura tashlash shousini Ivan Urgant olib boradi. SHuningdek, Alsu, Ildar Abdrazakov, Larisa Dolina, Burito kabi sanatkorlar sahnada kuylashadi.


Qura tashlash marosimida ishtirok etadigan barcha futbol yulduzlari.


Moskva bayramona ko'rinishda.


Jahon chempionatining birinchi o'yini 2018 yil, 14 iyun kuni Moskvadagi "Lujniki" stadionida bo'lib o'tadi.

Bugungi qurada ishtirok etadigan insonlardan tuzilgan ramziy terma jamoa.


14:30. Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav CHerchesov kecha FIFA TVga qura oldidan intervyu berdi.


14:35. "Vecherniy Urgant" dasturida mehmon bo'lgan Rossiya terma jamoasi o'yinchilari Aleksey va Anton Miranchuk, Georgiy Jikiya hamda Aleksandr Golovin JCH-2018 uchun hazilomuz qura tashlashdi. Ular o'zlariga Ispaniya, Kosta-Rika va Janubiy Koreyani raqib qilish olishdi. Bugun esa haqiqiy quraga guvoh bo'lamiz.


14:45. Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines ham kecha FIFA TVga intervyu berdi.


15:25. Jahon chempionati bosh sovrini allaqachon Kreml saroyida.


15:30. SHu kungacha o'tkazilgan Jahon chempionatlarining rasmiy bannerlari.


15:45. Hamma o'zicha mundialga tayyorlanmoqda. Panama terma jamoasi futbolchisi Roman Torres o'ng oyog'iga JCH-2018 ramzi tasvirlangan tatuirovka chizdirdi.


16:05. Bundan 2 soat oldin Rossiya Sport ishlar vaziri Vitaliy Mutko va FIFA prezidenti Janni Infantino JCH-2018 qurasi va mundialga tayyorgarlik haqida suhbatlashishdi.


17:05. JCH-2018 rasmiy timsoli Zabivaka tasviri tushirilgan pochta markalari foydalanishga topshirildi. Yangi yilga bag'ishlangan va Zabivaka tasviri tushirilgan 3 xil markalar chiqarildi.


17:10. Qura tashlash marosimi boshlanishiga 3 soatdan kamroq vaqt qoldi...


17:40. Biroz avval Moskvada joylashgan "Katta teatr"dagi "Markaziy ko'rgazmalar zali" devorida o'ziga hos rang-barang installyaciya namoyish etildi.


18:00. Qura tashlash marosimiga deyarli hamma narsa shay...


18:15. 2006 yilgi Jahon chempioni Fabio Kannavaro tvitter sahifasiga qura oldidan Kafu, Loran Blan va Karles Puyol bilan mundial bosh sovrini oldida tushgan suratini joyladi.


18:35. Qura boshlanishiga 1 yarim soatdan kam qoldi. Marosimning boshlanishi turli poytaxt shaharlar vaqtida.


18:40. Marosimda ishtirok etuvchilar asta-sekin kelishni boshlashdi. Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiyi Gernot Ror.


18:45. "Katta teatr"dagi kabi "Manej maydoni"da ham rang-barang installyaciya namoyish etildi.


18:50. Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite ham Moskvada.


18:52. Amaldagi Jahon chempioni Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lyov.



Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика