"Yuventus" Konseysauni "Portu"dan to'liq sotib oldi
23 iyu 00:45
Yangiliklar
"Yuventus" Fransishku Konseysauni "Portu"dan o'z safiga qo'shib oldi.
Turin klubi 22 yoshli vingerning to'liq transferini elon qildi. Tomonlar 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma tuzdilar.
Bitim summasi 30,4 million evroni tashkil etib, to'lov 4 yil mobaynida to'liq amalga oshiriladi. Shuningdek, turinliklar 1,6 million evro miqdorida qo'shimcha xarajat qilishdi.
Konseysau 2024/25-yilgi mavsumda "Yuve" safida ijara asosida to'p surgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar