Jasur Jaloliddinov: Bu biz o'ylaydigan narsa emas, buni murabbiylar hal qiladi
08 iyu 10:40
Yangiliklar
Jasur Jaloliddinov: Bu biz o'ylaydigan narsa emas, buni murabbiylar hal qiladi
O'zbekiston OTJ sardori Jasur Jaloliddinov Maliga qarshi uchrashuvdan so'ng muxbirlarimizga o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Yaxshi o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Parijga yo'llanma olgan ikki jamoa o'rtasidagi bahs bo'ldi. Menimcha, qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik.
O'ylashimcha, bugungi o'yinda o'zimizni kuchli tomonlarimizni ko'rsata oldik. Ularning jismoniy kuchli tomonlarini yopishga erishdik. Undan oldin ham Afrika jamoalariga qarshi o'yinlarda biz gavdasi katta futbolchilarga qarshi to'qnash kelganmiz, shu sababli shunday futbolchilarga qarshi o'ynash tajribasi bor", - dedi Jasur Jaloliddinov.
- Olimpiya o'yinlarida yoshi katta qaysi futbolchilar bilan birga to'p tepgan bo'lardingiz?
- Bu biz o'ylaydigan narsa emas, buni murabbiylar hal qiladi. O'ylashimcha, Olimpiadada kim o'ynashi muhim emas, asosiysi vatanimiz bayrog'ini balandga ko'tarish.
Fikrlar