Janubiy Koreyada o'yin payti maydonga suvidishlar uloqtirildi
17 may 2024 01:29
Yangiliklar
Janubiy Koreyada o'yin payti maydonga suvidishlar uloqtirildi
Buning uchun mezbon jamoa jarimaga tortildi.
Janubiy Koreya K ligasi 12-turidan o'rin olgan "Inchxon Yunayted" — "Seul" uchrashuvida (1:2) mezbon jamoa muxlislari tomonidan maydonga suvidishlar uloqtirildi.
"Seul" darvozaboni Bak Jong Beomning raqib jamoa tarafdorlariga qilgan xatti-harkatlaridan so'ng ishqibozlar 100 dan ortiq suvidishni bomba kabi u tomon irg'itishdi.
Mazkur hodisa uchun mezbon jamoa "Inchxon Yunayted" 20 million von (taxminan 15000 AQSH dollari) miqdorida jarimaga tortildi. SHuningdek, muxlislarni g'azablantirgan "Seul" posboniga 7 million von (taxminan 5200 AQSH dollari) jazosi tayinlandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar