So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Janfranko Zola: “Maldini – Blatterning o'rniga munosib nomzod” Yangiliklar

Janfranko Zola: “Maldini – Blatterning o'rniga munosib nomzod”

Jahon vice-chempioni, hozirda “Al Arabi” murabbiyi bo'lib ishlayotgan Janfranko Zola hamkasblarimizga bergan intervyusida skudetto uchun kurash, SHarq davlatlaridagi faoliyati, FIFA saylovlari va “Oltin to'p” nomzodlari borasida berilgan savollarga javob qaytardi.


- Bir yil avval siz “Kalyari”ni boshqarayotgan edingiz.

- Afsuski, o'sha tajriba muvaffaqiyatsiz tugadi. Jamoa oson bo'lmagan holatda edi, men mavsum o'rtasida tashrif buyurdim. Bu hamisha qiyin. Taassurotlar salbiy qoldi, bunga barchasi qanday tugagani emas, balki qadrdon jamoamga yordam berishni juda xohlagandim. Hissiyot taraflama bu ish orzu edi, barchasi boshqacha kechishini istagan bo'lardim.

- Iyulda siz Perluiji Kaziragi bilan SHarqqa jo'nab ketdingiz.

- Murabbiy uchun har qanday tajriba foydali. Bu erda futbol Evropadagidan farq qiladi, lekin uning ham o'ziga xos ijobiy taraflari mavjud. Men uchun asosiy vazifa – futbolchilar faqat maydondagi harakatlari emas, balki futbol madaniyati tarafdan ham o'sishga erishishlari.

- “A” seriyadan qaysi futbolchini jamoangizda ko'rishni xohlagan bo'lardingiz?

- Iguainni. Haqiqiy supermen! “A” seriyada qolgan o'yinchilarga nisbatan ko'proq natija keltiradigan futbolchi.

- Demak, chempionat favoriti “Napoli”mi?

- Men barchadan ko'proq, lekin judayam ko'p emas, “Inter”ga tikkan bo'lardim. Jamoada muhim sifatlar bor, individual tarafdan juda kuchli jamoa bor va u nimani xohlashini biladi. SHu bilan birga ularni ajoyib murabbiy boshqarmoqda. Keyin hal qiluvchi jihat futbolchilarning jismoniy holatida bo'lishi mumkin. Statistikaga qarasak, jamoa yaxshi hujum qilmoqda va himoyalanmoqda. Barqaror tarkib, himoyada 6 nafar keskin va hujumda 4 nafar juda kuchli futbolchilar.

- “Inter”ning asosiy raqobatchilari kimlar?

- “Napoli”va“Yuventus” o'yin tomonlama yaxshiroq ko'rinishyapti, lekin baribir milanliklarga imkoniyatni boy beradi, fikrimcha. “Napoli” menga yoqadi. Sarri va Paulo Souza “A” seriyaga yangi uslub keltirishdi. 90-yillarda bir xil ko'rinishga kelgan futbolga yangi qon qo'shishdi. SHu sababli “Fiorentina”ga ham etibor qaratish lozim. Lekin boshqa favorit “Yuventus”.

- Lekin siz “Napoli”ga muxlislik qilasizmi?

- To'g'risi – ha. Lekin agar “Yuventus” etakchidan uch ochko farq bilan ortda qolayotgan ekan, hech kim o'zini xotirjam his qila olmaydi.

- O'tgan yilning eng muhim voqealaridan biri FIFAdagi mojarolar bo'ldi.

- Bu haqida o'ylasam, men uchun qayg'uli. Mishel Platini bilan tanishman, uni bunday ahvolda ko'rish juda qayg'uli.

- Jahon futboli rahbarligida kimni ko'rishni xohlardingiz?

- Ikki nomni aytishim mumkin: Paolo Maldini va Demetrio Albertini. Bu nomzodlar har taraflama ideal.

- Agar Zolaga shunday taklif tushsa-chi?

- Allaqachon tushdi, lekin men rad etdim. Bu hazil, albatta. O'zimni futbol maydoni bilan yonma-yon ko'raman.

- 11 yanvarda “Oltin to'p” topshiriladi. Kimga ovoz berasiz?

- Men Messining muxlisiman.

- Buffondek darvozabon davogarlar orasiga umuman kiritilmadi.

- Darvozabonlarga bu sovringa davogar bo'lish hamisha qiyin kechgan. Lekin Buffondek ko'p sovrinlarni yutgan posbon “Oltin to'p”ga munosib. Janluiji futbol tarixida hamisha eng yaxshilar qatorida bo'ladi.

- Marchello Lippi yaqinda jamoada haqiqiy top-futbolchi murabbiy ekanini aytdi.

- Qo'shilmayman: asosiy top-o'yinchilar hamisha futbolchilar bo'ladi. CHunki ularda biror narsa o'xshamasa, murabbiyda ham shunday holat bo'ladi.

- Zola qaysi murabbiyda ishlashni istagan bo'lardi?

- Oilam Londonda yashaydi. SHuning uchun javob aniq.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика