Jamshid Saidov: “Yigitlarga xarakter uchun minnatdorchilik bildiraman”
19 sen 2024 23:22
Yangiliklar
Jamshid Saidov: “Yigitlarga xarakter uchun minnatdorchilik bildiraman”
Superliganing 19-turidan o'rin olgan “Neftchi” - “Qizilqum” (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Uchrashuvning dastlabki qismini yaxshi boshlay olmadik. O'z darvozamizdan 2 ta to'p olib chiqqanimizdan so'ng yigitlar vaziyatni to'g'rilay olishdi. O'yinimiz jonlandi va shuning natijasida hisobni qisqartirishga erishdik.
Birinchi bo'limdan so'ng yigitlarga tegishli ko'rsatmalarni berdik. Ikkinchi bo'limda o'yinimizdagi faollik oshdi, shuningdek zaxiradan qator yangi kuchlarni maydonga tashladik.
Albatta 2 ta to'p farqi bilan ortda borayotib, yakunda durang qayd eta olsangiz, bu yaxshi natija hisoblanadi. Yigitlar bugun ko'rsatmalarni yaxshi bajarishdi va vaziyatni bizning foydamizga to'g'rilay olishdi. Mag'lubiyatdan chiqib ketdik, xarakter uchun futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman”, - deydi navoiyliklar ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar