So’nggi yangiliklar

14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  1 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  1 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  5 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  2 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  3 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  3 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  5 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  1

Jamshid Saidov: "So'nggi o'rindaligimiz sababli bizda bosim yuqori. "Surxon"da esa bosim yo'q" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "So'nggi o'rindaligimiz sababli bizda bosim yuqori. "Surxon"da esa bosim yo'q"

Coca Cola Superliganing 19-turi doirasida "Surxon" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Qizilqum" bosh murabbiyi Jamshid Saidov o'z fikrlarini bildirdi.

- Ilk navbatda bugungi g'alabadan xursandman. Bu uch ochko havo kabi kerak edi. O'yinning muhimligini yigitlar tushunib turishgandi. Ayni damda turnir jadvalida so'nggi o'rinda turibmiz. Kurash davom etmoqda, biz ham oxirigacha kurashamiz. Yigitlarimga katta rahmat aytaman. Birgalikda yaxshi tayyorlandik. "Surxon"ning qanday o'ynashini, nimalarga qodirligini bilardik. Yigitlardan minnatdorman, ular ushbu o'yinga tuzilgan rejani, strategiyani to'liqligicha bajara olishdi. SHuningdek, 600 kilometr yo'lni bosib kelgan muxlislarga ham rahmat aytaman. Ular bizni yaxshi qo'llab turishibdi. Xursandman, ammo hali hech nima qilganimiz yo'q. Muhim o'yinlar oldinda.

- G'alaba bilan tabriklayman. "Qizilqum" ikkinchi bo'limda himoyaviy o'yin namoyish etgandek. Umuman olganda jamoangizni ikkinchi bo'limga qaysi ko'rsatmalar orqali tayyorladingiz?

- Ayni damda turnir jadvalidagi holat sababli "Surxon" bosimsiz o'ynadi. Ular hozir 6-o'rinda. Bizda esa bosim bor, ko'pchilik ruxan cho'kkan, bu ruxiy holat ham o'z so'zini aytadi. Ammo bugun yigitlarning ko'zi yondi. Faqatgina g'alaba uchun ularga ko'rsatmalar berdim. Hozir har bir ochko oltinga teng bo'lib turibdi. Bu holatdan chiqib ketishimiz uchun o'zimiz yordam berishimiz kerak. CHetdan hech kim yordam bermaydi. SHu sababli birinchi bo'limda katta tashabbus ko'rsatdik, yaxshi vaziyatlar yaratdik, biroq foydalanish qiyin bo'ldi. Ikkinchi bo'limni esa yomon boshladik. 15 daqiqalar mobaynida biz faqat qarshi hujumda o'ynadik, shunda ham vaziyatlar yaratdik. Futboldagi sen urmasang senga urishadi tushunchasi yana o'zini ko'rsatdi va raqiblar bir vaziyatdan gol urib ketishdi. 1:1 hisobi vaqtida bizda yana ko'plab vaziyatlar bo'ldi, undan foydalana olishda qiynaldik. SHu bois ikkala bo'limda ham biz katta ustunlik qildik deb ayta olaman. Bizda tashabbus ko'proq bo'ldi. Vaziyatlar bo'ladi, o'yin esa raqibga qarab tuziladi. SHunchaki vaziyatni yakunlash bizga etishmadi. Qarshi hujumlarga yaxshi o'tdik, ammo so'nggi pas etishmadi, bazida to'pni ko'p ushlab yubordik. Ayrim joylarda esa to'pni shunchaki yo'qotdik. 

- Bir necha yillar oldin Siz "Buxoro"da ishladingiz va o'sha paytda ham jamoa ligada qolish uchun kurash olib bordi. Umuman olganda "Buxoro" va "Qizilqum" o'rtasidagi farq qanday?

- Mening taqdirim shunday - so'nggi o'rindagi jamoada ishlash. Bu savolga javob berish juda qiyin.

- Legioner Akaki SHulaya bugun chiroyli gol urdi. Bu golga qanday tarif bergan bo'lardingiz?

- Van Persi uslubidagi gol? Rostdan ham chiroyli gol bo'ldi. Bunday gollar kuchli beshlik chempionatlarida bo'lib turadi. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика