So’nggi yangiliklar

15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  0 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  0 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  15 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  8 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  16 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  10 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  7 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  11 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  5 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  31 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  4 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  15 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2

Jamshid Saidov: "Qizil kartochka o'yin natijasiga tasir ko'rsatdi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Qizil kartochka o'yin natijasiga tasir ko'rsatdi"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Olimpik" (2:4) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yin tizginini qo'ldan boy berdik. Ikkinchi bo'lim kutilmagan vaziyatlarga boy bo'ldi. Qizil kartochka rejalarimizni o'zgartirib yubordi.


- Akaki SHulayaning chetlatilishi o'yin natijasiga qanchalik tasir qildi? Umuman ushbu kartochkaga munosabatingiz qanday?

- Aytib o'tdim, qizil kartochka bizning rejalarimizga tasir ko'rsatdi. SHulaya maydondan chiqib ketganidan so'ng o'yin tizginini qo'ldan boy berdik. SHuningdek, "Olimpik" vakillari ham ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirishdi. 

- SHerzod Fayzievning o'yin oldidan jarohat olishi rejalaringizga tasir qildimi?

- Bu futbol, unda shunaqa holatlar ham bo'lib turadi. Fayzievning jarohat olishi sabab o'zgarish qilishga majbur bo'ldik. Dastlabki rejaga bu holat tasir ko'rsatdi.

- Elgujaning birga-bir vaziyatdan foydalana olmasligi nima bilan bog'liq?

- O'yin amaliyoti kam bo'lganligi sabab unda vaziyatni his qilishda aniqlik etishmadi. Navbatdagi o'yinlarga to'liq tayyor bo'ladi degan umiddamiz.

Stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislardan mag'lubiyat uchun uzr so'raymiz. Navbatdagi uchrashuvlarda g'alaba qozonib, ularni uyga yaxshi kayfiyatda qaytishlariga harakat qilamiz.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика