So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  136 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  2 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  130 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

Jaloliddin Masharipov: "Yaxshi o'ynadik deya olmayman, asosiysi g'alaba" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Yaxshi o'ynadik deya olmayman, asosiysi g'alaba"

JCH-2026 saralashi 3-bosqichi doirasidagi O'zbekiston va KXDR terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning (1:0) eng yaxshi futbolchisi Jaloliddin Masharipov bahs haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

- Yaxshi o'ynadik deb ayta olmayman, lekin kerakli natijani qo'lga kiritdik. Uchinchi bosqich biz uchun oson bo'lmagan. Uch ochko olishimiz kerak edi. Uchinchi bosqichning bosimi bo'ladi, shu narsa tasir qildi deb o'ylayman. Keyingi o'yinlarda muxlislarni yanada ko'proq xursand qilamiz deb o'ylayman. Eng asosiysi g'alabaga erishdik.

- Goldan so'ng jamoamiz bo'sh harakat qilgandek ko'rindi. Bugun muxlislar O'zbekistonning o'yinidan maza qilmadi...

- Aytib o'tganimdek, bugun o'zimizni ko'rsata olmadik. Baribir bu bosqichda, ayniqsa uyda hayajon va bosim bo'ladi. Lekin shunday o'yinlar, shunday g'alabalar orqali jahon chempionatiga chiqiladi deb o'ylayman. 

- Keyingi uchrashuvlarda bundan ham qiyin bo'lishi mumkinmi? Yoki bir yo'nalishga tushib olgach, barchasi osonlashadimi?

- Uchinchi bosqichda oson terma jamoalar bo'ladi deb o'ylamayman. Bunday o'yinlarda ruhiy tayyorgarliklar muhim ahamiyatga ega. Bo'shashish kerak emas. Keyin kech bo'ladi. Murabbiy ham xech qaysi o'yin oson bo'lmasligini takidlab kelmoqda. Bugungi o'yindan muxlislar biroz norozi bo'lgan bo'lishlari mumkin, lekin keyingi o'yinlarda barchasi chiroyli bo'lishiga harakat qilamiz.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика