Jaloliddin Masharipov: "O'yinimizdan ko'nglim to'lmadi, bundan yaxshiroq o'ynay olamiz"
06 sen 2024 00:55
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipov: "O'yinimizdan ko'nglim to'lmadi, bundan yaxshiroq o'ynay olamiz"
O'zbekiston terma jamoasi va "Istiqlol" klubi azosi Jaloliddin Masharipov KXDRga (1:0) uchrashuvidan so'ng OAV vakillariga intervyu berdi.
"Jamoaviy o'yinimizdan ko'nglim to'lmadi. Bundan ham yaxshiroq o'yin namoyish eta olamiz, lekin birinchi o'yin bo'lgani uchun biroz hayajon sezildi. Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Keyingi uchrashuvlarda bundan ham yaxshiroq o'yin namoyish etamiz. O'yindan o'yinga kuchayib boramiz. Barcha raqiblarni hurmat qilamiz, ammo KXDR va Qirg'iziston kabi terma jamoalarga qarshi uchrashuvda uch ochkoni qo'lga kiritishimiz zarur" - deya fikr bildirdi bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Jaloliddin Masharipov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar