Jaloliddin Masharipov: “Men doim mashg'ulotlardan so'ng penalti tepganman”
04 fev 2024 10:26
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipov: “Men doim mashg'ulotlardan so'ng penalti tepganman”
“Muxlislardan uzr so'rayman, sababi penaltidan foydalana olmadim. Umuman olganda, gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng ko'plab yaxshi imkoniyatga ega bo'ldik va gol urdik. Keyingi o'yinlarda yaxshiroq harakat qilamiz. Qo'shimcha bo'limlarda biroz charchadik deb o'ylayman. SHu sababli ham sal ehtiyotkor futbol ko'rsatishga qaror qildik.
Agar bugun terma jamoamizda jarohat olib, bizga yordam bera olmagan futbolchilar bo'lganida, biz bugun 90 daqiqaning ichida g'alaba qozongan bo'lardik. CHorak finaldagi natija bizni qoniqtirmaydi.
Himoyaviy futbol bizga qanchalik to'g'ri keladi?
Nima biz bugun ko'plab hujumlar tashkil qildik, terma jamoada doim ham hujum tashkil qilib bo'lmaydi. Xudo xohlasa, oldinda JCH saralash uchrashuvlari turibdi. Ushbu uchrashuvlarda yaxshi o'tib, Jahon chempionatiga chiqamiz.
Men doim mashg'ulotlardan so'ng penalti tepganman. Bugun raqib darvozaboni bizni yaxshi o'rgangan ekan, men zarba yo'llaganimda oxirgacha markazda turdi.
Barchadan uzr so'raymiz. Xudo xohlasa, jarohatdagilar qaytsa, biz yanada kuchayamiz”,, — dedi sardorimiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar