Jaloliddin Masharipovga vodiy jamoalaridan qiziqish bor, biroq...
09 dek 13:37
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipovga vodiy jamoalaridan qiziqish bor, biroq...
"Istiqlol" vingeri Jaloliddin Masharipov katta ehtimol bilan Eronda qoladi.
Bu haqda Championat.asia sayti muxbiri Sherzod Nurmatov xabar berdi.
"Jaloliddin Masharipovga vodiy klublari qiziqayotgani bor gap. Biroq tajribali vingerning Eronning "Istiqlol"i bilan hali yana 1,5 yillik shartnomasi bor. Shu sababli klub uni qo'yib yuborishi ehtimoli juda kam.
Ayniqsa, iroqlik futbolchi Muntadir Muhammad bilan nizo kuzatilayotgani tufayli FIFA "Istiqlol"ga ikkita transfer oynasi uchun taqiq qo'yishi mumkin. Shu bois tehronliklar tavakkal qilmaydi va hozircha o'z yulduzlarini qo'yib yuborishni xohlamaydi", – deyiladi xabarda.
Avvalroq Transfermarkt portali Eron chempionati futbolchilarining yangilangan narxlarini elon qilgan va Masharipovning o'rni malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Ла Лига. "Бетис" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 8 та гол урилди, Торресдан хет-трик
Fikrlar