So’nggi yangiliklar

21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  0 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  3 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  8 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  18 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  3 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  13 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0

Jaloliddin Masharipov Evropaga ketish arafasida - ehtimoliy yangi jamoasi nomi aniq Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov Evropaga ketish arafasida - ehtimoliy yangi jamoasi nomi aniq

O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi azosi Jaloliddin Masharipov Turkiya Superligasining nomdor klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.

"Paxtakor" etakchilaridan biri, hujumkor vinger — Jaloliddin Masharipov Turkiyaning nomdor klubi "Trabzonspor" diqqat markaziga tushib qolgan.

Malumotlarimga ko'ra, ayni damda Masharipovning xizmatlariga "Trabzonspor" klubi jiddiy qiziqmoqda. Bu qiziqishga Masharipovning o'tgan mavsumdagi ajoyib o'yini va uning barobarida qayd etgan shaxsiy ko'rsatkichlari asosiy omillardan biri. 

Lekin yana bir faktor — SHota Arveladze effekti ham Masharipovni Turkiya transfer bozoriga kirishiga katta xizmat qilishi mumkin. Karantin davrida Turkiyaga ketgan va aynan turk matbuotida doimiy chiqishlar qilgan Arveladze bir necha marotaba o'zbek futbolchilarining iqtidorini etirof etib, ular Evropaga yo'l olishi kerakligini takidlagan.

SHuningdek, SHota Arveladzening futbolchilik va murabbiylik faoliyati "Trabzonspor" bilan bevosita bog'liqligi ham Masharipov transferida asosiy faktorga aylanishi mumkin.

Ayni dam transfer muzokaralari qanchalik rasmiy tus olgani va jarayon qaysi bosqichdaligini aytish mushkul. Garchi Arveladze taklifi hamda effekti Turkiya klubi va Masharipov uchun ham o'z vazniga ega bo'lsada, klub va futbolchining shaxsiy shartnoma borasidagi kelishuviga ham ko'p narsa bog'liq. Undan tashqari Masharipovning transfer qiymati "Paxtakor"ni har taraflama qoniqtirishi lozim bo'ladi.

Masharipovga Osiyo grandlari, Rossiya premer ligasidagi nazar, arablar tomonidan ko'plab moliyaviy qulay va komfort shartlar bilan shartnomalar oldida qator turganini esdan chiqarmaslik kerak. Lekin Jaloliddin ko'p marotaba aynan Evropada o'ynamoqchi bo'layotgani va hozirgacha qator Osiyo klublari takliflarini rad etgani bejizga bo'lmasa kerak. 

Qisqa qilib aytganda, ko'rinishidan Masharipov Turkiya Superligasida faoliyat boshlashi ehtimolga yaqin.

Nima derdim, Turkiyaga yo'l olish oldinga tashlangan qadam bo'ladi. Turkiya Superligasi saviya taraflama Evropada bemalol sakkiztalikka kiradi. Umumiy fonda balki Rossiya premer ligasi kabi ko'rkam ko'rinmasligi mumkin, lekin o'yin sifati va darajasi borasida Turkiya Rossiyadan ustunroq, nazarimda.

Malumot uchun: "Trabzonspor" ayni payt Turkiya Superligasida "Bashakshexir" bilan qo'shpeshqadam bo'lib turibdi.

Qizig'i, "Trabzonspor" yildan-yilga kuchayib kelmoqda. Masalan, 2017 yili jamoa 6, 2018 yilgi mavsumda 5 va 2019 yili 4-o'rinlarni qo'lga kiritgan.

Joriy mavsum esa Superligada chempionlik uchun qizg'in kurashmoqda. Bu esa kelasi mavsum jamoaga ECHL eshiklarini ochishi mumkin", - deya yozadi SHahboz Beg'amov o'zining telegramdagi sahifasida.

Reyting: +97   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика