So’nggi yangiliklar

15:39Пётр Пажишек: "Пахтакор"га келишим? Европадан ташқарида ўйнаб кўрмоқчи эдим.  0 15:01Opta "Манчестер Сити"нинг муваффақиятига ишонмаяпти  1 14:17МЮ португалиялик юлдузга кўз тикди  1 13:30Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарлари: Черан етакчи, Кошелев ва Акопянц ҳам рўйхатда бор  3 13:02"Барселона" ёз учун устувор мақсадни танлади  13 12:30"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  8 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  1 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  1 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  6 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  6 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  13 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9

"Jahon chempionatiga chiqqan mamlakatda o'ynayman - bu qarorimdan hech ham afsuslanmayman" - “So'g'diyona”ning yangi posboni Yangiliklar

"Jahon chempionatiga chiqqan mamlakatda o'ynayman - bu qarorimdan hech ham afsuslanmayman" - “So'g'diyona”ning yangi posboni

Yangi mavsum arafasida “So'g'diyona” tarkibida muhim o'zgarishlardan biri ro'y berdi - jamoa darvozasiga serbiyalik tajribali posbon ishonib topshirildi

Serbiya futboli maktabidan chiqqan yangi darvozabon Nikola Mirkovich Jizzax klubi bilan shartnoma imzolab, O'zbekiston Superligasidagi yangi chaqiriqlarga tayyor ekanini bildirdi. U klubga kelib qolish jarayoni, o'zbek futboli haqidagi ilk taassurotlari, jamoadagi shaxsiy maqsadlari hamda bosh murabbiy Ivan Boshkovich bilan o'tgan suhbati haqida so'zlab berdi.

— "So'g'diyona"ga kelishingiz qanday yuz berdi?

— Barchasi oddiy yuz berdi. O'zbekiston Superligasida o'ynagan sobiq futbolchi Ivan Yosovich meni “So'g'diyona” murabbiylariga taklif qildi. Shu tariqa bu erga kelib qoldim.

— Yangi jamoa, O'zbekiston chempionati haqida nimalarni bilasiz?

— O'zbekiston va bu er futboli haqida iliq fikrlar eshitganman. Oxirgi yillarda ko'plab serbiyalik futbolchilar bu erda to'p tepdi va hozir ham o'ynashmoqda. Mamlakat terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqqani ham katta natija. O'zbek futboli juda tez rivojlanmoqda. Shuning uchun qarorimdan hech ham afsuslanmayman.

— Darvozabon Milan Mitrovich “So'g'diyona” darvozasini 8 yil qo'riqladi. Sizda niyatlar qanday?

— Milan Mitrovichni yaxshi bilaman va uning “So'g'diyona”dagi 8 yillik faoliyatiga katta hurmat bilan qarayman. Bu uning yuqori saviyali darvozabon ekanidan dalolat. Yangi mavsumda maksimal kuchimni ishga solishga tayyorman. “So'g'diyona” bilan yuqori o'rinlar uchun kurashishni niyat qilganman.

— Bosh murabbiy Ivan Boshkovich bilan gaplashdingizmi? Suhbat qanday o'tdi?

— Ha, Ivan Boshkovich bilan suhbatlashdim. U har bir futbolchidan o'z vazifasini astoydil bajarishni talab qiladigan murabbiy. Men jamoa uchun bor kuchimni berishga tayyorman.

— Yangi mavsumga tayyorgarlik qanday ketyapti?

— Tayyorgarlikning dastlabki qismini Jizzaxda o'tkazdik. Bu menga jamoaga tezroq moslashishga va muhit bilan tanishishga yordam berdi. Endi Antaliyada formaga kirib olish va chempionat startga to'liq tayyor holatda etib kelish ustida ishlaymiz.

— O'zbekistonda o'ynagan serbiyalik futbolchilar orasidan eng yaxshilarini ayta olasizmi?

— O'zbekiston chempionatida ko'plab serbiyalik futbolchilar o'ynab kelgan. Hammasini hurmat qilaman. Ayniqsa, Dragan Cheran, Yovan Jokich va Marko Stanoevichni alohida takidlagan bo'lardim. Ular 5 yildan ortiq vaqt davomida O'zbekiston Superligasida muvaffaqiyatli to'p tepishdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
22 jan 03:29:27
Juman Faridov
Qoyil birontangiz omadini bersin deb yozmagansiz nima qilasizlar kerak siz negativ yozib hayronsan odam
   
27 jan 19:19:38
تعمورخن ومار خجا
BXZ BXZ foydalanuvchining fikriga javob berish
Билдик бу дарвозабон сербиялик экан факат исми , фамилияси ва кайси ракамда у́йинга тушиши номаълумми . Админ матн чикаришдан олдин у́зиз хам у́кинг кейин чикаринг .
Oʻzlariyam bilmasa kerakda ))) CA polizida yetishgan qovunlardan boʻlsa kerak
   
20 jan 09:23:19
Akbar Umarov
Soqqani yaxshi to'lasalar kerak bo'lsa Butangaham borib o'ynayveraman desangchi dangal uka
   
19 jan 20:56:12
Антикоррупционер
Бизларга бу футболчининг ош, сомса ва бошка узбек таомлари хакида фикрларини билиш кизик эди. Э-э, канака журналист бу узи?!
   
19 jan 19:35:53
AA H.A
Хусановни танисизми Диб су́раш кобкетти
   
19 jan 18:48:14
MENTAL!ST
BXZ BXZ foydalanuvchining fikriga javob berish
Билдик бу дарвозабон сербиялик экан факат исми , фамилияси ва кайси ракамда у́йинга тушиши номаълумми . Админ матн чикаришдан олдин у́зиз хам у́кинг кейин чикаринг .
Menimcha jurnalist darvozabonning ism-sharifini unutib qo'ygan sheklli. xD
   
19 jan 17:51:36
BXZ BXZ
Билдик бу дарвозабон сербиялик экан факат исми , фамилияси ва кайси ракамда у́йинга тушиши номаълумми . Админ матн чикаришдан олдин у́зиз хам у́кинг кейин чикаринг .
   
19 jan 17:50:10
TOMJIQ_OLOT
"Жаҳон чемпионатига чиққан мамлакатда ўйнайман..."
Офарин! Қандай жарангдор! Шу кунларга етказганига шукур, олға Ўзбекистон!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика