Jahon chempionati oldidan O'FA prezidenti Abdusalom Azizov O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi
13 sen 23:47
Yangiliklar
Jahon chempionati oldidan O'FA prezidenti Abdusalom Azizov O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi
Bugun O'zbekiston futbol associaciyasi prezidenti Abdusalom Azizov tarixiy mundial oldidan futzal milliy terma jamoasi azolari bilan uchrashdi va ushbu turnirning ahamiyati hamda muxlislar tomonidan katta qiziqish va intiqlik bilan kutilayotganini alohida takidladi. O'FA rahbari shuningdek, yirik turnir mezbonligi katta masuliyat ekani, mamlakatimizda jamoaviy sport turlari ham jadallik bilan rivojlanayotgani hamda mundial oldidan Andijon va Buxoro shaharlarida yangi, zamonaviy talablarga javob bera oladigan sport majmualari barpo etilganini etirof etdi.
Bosh murabbiy Xose Venansio Lopesning turnir uchun rejalari tinglandi. Ispaniyik mutaxassis Mundialning mezbon jamoa murabbiyligi uning uchun ham masuliyat, ham faxr ekanligini aytib o'tdi. O'z o'rnida, jamoamizning bir qator etakchi futzalchilari ham o'z fikrlarini bildirib o'tishdi. Barcha shtab azolariga tegishli ko'rsatmalar berildi. Abdusalom Abdumavlonovich bo'lajak turnirda jamoamizga omad tiladi.
Fikrlar