Jag' sindi, futbolchi qamoqda, murabbiylar haydaldi. Qirg'iz klubidagi voqea ko'pchilikni shokka tushirdi
27 avg 2024 00:13
Yangiliklar
Jag' sindi, futbolchi qamoqda, murabbiylar haydaldi. Qirg'iz klubidagi voqea ko'pchilikni shokka tushirdi
Qirg'iziston terma jamoasi hujumchisi Mirbek Axmataliev 5 yilga futboldan chetlatildi.
15 avgust kuni Qirg'iz Respublikasi futbol klubi "Muras Yunayted" mashg'ulotida futbolchi ukrainalik jamoadoshi bilan mushtlashib ketdi.
"Voqea natijasida klubning xorijlik futbolchisi Evgeniy Terzi jag' sinishi jarohatini oldi. Malum bo'lishicha, xodisaga klub hamkorlik qilishni to'xtatgan Mirbek Axmataliev sababchi bo'lgan" - deyiladi Qirg'iz futboli ittifoqi rasmiy bayonotida.
22 avgust kuni QFI yig'ilishida qoidabuzarni 5 yilga futboldan chetlatish qarori qabul qilindi. "Muras Yunayted" ushbu voqea tufayli murabbiylar shtabi va sport direktorini ishdan haydadi.
Malumotlarga ko'ra, Axmataliev ayni damda qamoqda. Futbolchiga nisbatan "sog'likka og'ir bo'lmagan zarar etkazish" moddasi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar