So’nggi yangiliklar

03:02Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" 2-ғалабасини қўлга киритди, "Динамо" Киевдан 6та гол ва бошқа натижалар  0 02:57Европа лигаси. "Астон Вилла", "Рома", "Бетис"дан ишончли ғалабалар ва бошқа натижалар  0 02:00Азизбек Эримбетов: "Кейинги баҳсда биз олдингидан-да яхшироқ ўйин кўрсата оламиз деб ўйлайман"  1 01:38Абдусамад Саидов: "Мураббийларнинг барча кўрсатмаларини бажара олганимиз учун ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 01:10Ислом Исмоилов: "Ирландиянинг Парагвайдан кучли томонлар бўлса борки, кучсиз томонлари йўқ"  0 00:58Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"  7 00:34U17 ЖЧ. Бельгиядан 7, Португалиядан 6 гол, Осиё термаларидан муваффақиятсизликлар  0 00:09Умар Абдулраҳмон фаолиятини якунлади  6 23:55Винисиус "Барса" билан ўйиндан сўнг Алонсодан узр сўраган  1 23:50Лео Месси: "Ҳудо менга иқтидор берган бўлса-да, мен жуда кўп нарсаларни қурбон қилдим"  4 23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0 22:59"Барселона" ҳимоячисининг бурни синди  0 22:30Аморим Роналдунинг МЮ ҳақидаги гапларига жавоб қайтарди  4 22:12Аргентина ЖЧ-2026 учун либосини тақдим қилди  1 21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  7

"Inter" - Italiya Superkubogi sohibi Yangiliklar

"Inter" - Italiya Superkubogi sohibi

"Milan" hamda "Inter" o'rtasida o'tkaziladigan Italiya Superkubogi bahsi yakunlandi.

Italiya Superkubogi

Saudiya Arabistoni, Ar Riyod


"Milan" – "Inter" 0:3

"King Fahd International Stadium"

Gollar: 0:1 – 10 Dimarko, 0:2 – 21 Djeko, 0:3 – 77 Martines.

Milan – Teterushanu, Kalabriya (Dest, 79), Ker (Kalulu, 64), Tomori, Ernandes, Bennaser, Braim Dias (de Ketelare, 64), Tonali, Jiru (Rebich, 79), Rafael Leau, Junior Messias (Origi, 65).

Inter – Onana, Darmian, Acherbi, SHkrinyar, Bastoni (de Vrey, 84), Dimarko (Gozens, 63), Mxitaryan, CHalxanoglu (Aslani, 84), Barella (Galyardini, 71), Djeko (Korrea, 71), Martines.

Ogohlantirishlar: Barella (33), CHalxanoglu (72), Ernandes (77), Martines (79), Tonali (85).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

88. "Milan" taslim bo'lgisi yo'q, ammo qolgan vaqt ichida 3ta gol urishning iloji bo'lmasa kerak.

77. GOOOOOOL! LAUTARO O'YINGA NUQTA QO'YDI! Argentinalik hujumchi to'p Tomori ustidan sakrab o'tishini to'g'ri hisobladi va o'ng oyog'ining tashqi qismi bilan uzoq burchakni aniq nishonga oldi. 3:0.

75. "Milan" juda shoshayotgani tufayli xatolar ko'payib ketyapti.

71. "Inter" hamshaharining tuzukroq hujum uyushtirishiga umuman imkon bermayapti.

67. Leau o'z uslubida to'pni o'ng oyog'iga to'g'irlab, darvozaga zarba berdi. Onana hammasiga tayyor edi va u to'pni ushlab oldi.

63. Pioli birdaniga uch futbolchini almashtirishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

58. "Milan"ning qanotdan uzatmalar ancha ko'paygan, chunki Jiru jamoadoshlaridan shuni so'ramoqda.

56. Bennaserdan navbatdagi zarba, Onana to'pni ushlab oldi.

53. "Inter" "Eng yaxshi himoya - hujum" iborasiga amal qilib, imkon topildi deguncha hujumga o'tishga urinyapti.

49. ZARBAAA... Leau hisobni qisqartirishga juda yaqin kelgandi, ammo zarba biroz noaniq bo'ldi.

47. "Milan"ning ketma-ket zarbalari manzilga aniq bormayapti, bu safar Benasser zarba berdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Ernandes o'z qanotidan oldinga o'tdi va uzoqdan Onana darvozasini nishonga olishga urindi, biroz noaniq.

TANAFFUS!

45+3. "Inter" taymni 3:0 hisobida yakunlashi mumkin edi, ammo Lautaro uzatmaga eta olmadi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44. "Inter" golli hujumni yakunlayotganda hakam xushtak chalib, qoida buzilganini malum qildi. Jeko va Tomori to'qnashib ketishdi.

42. Tonali raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo zarba o'xshamadi, orqaroqda kelgan Tomorining zarbasidan so'ng to'p reklama aks etadigan elektron devorga borib tegdi.

39. "Inter" kuch tejash maqsadida orqaroqqa qaytdi, bu esa "Milan"ga imkoniyat.

32. Ernandes o'z qanotida elkama-elka kurashda Barellani mag'lub etib, to'pni jamoasiga olib berdi.

30. Tomori himoyada xatoga yo'l qo'ydi, biroq Teterushanu seyv orqali jamoadoshining xatosini to'g'irlab ketdi.

27. Ikkinchi goldan so'ng "Inter" ketma-ket to'pni burchakdan o'yinga kirityapti. Lekin ikkinchi qavatda "qizil-qoralar" bo'sh kelayotgani yo'q.

21. GOOOOOOL! JEKOOOOO! Edin chap qanotda Tonalini bir harakat bilan "nonga jo'natdi" va o'ng oyog'i bilan darvozaning uzoq pastki burchagini nishonga oldi. 0:2! "Milan" ham o'ynagani chiqadimi?

19. G'azab "Neksiya"siga mingan "Milan" katta kuch bilan hujumga o'tmoqda, ammo hujumlar hozircha besamar yakun topyapti.

17. ZARBAAA... Leauning o'ng qanot orqali yurishi gol bilan emas, xavfli zarba bilan yakun topdi. Onanadan seyv.

10. GOOOOOOOOL! HISOB OCHILDI! DiMarko Nikolo Barellaning uzatmasini golga aylantirdi. "Inter" ajoyib uzatmalar orqali hujumni yakunlashga muvaffaq bo'ldi. Biroq hakam VAR orqali vaziyatda ofsayd bo'ldimi yoki yo'q, tekshirmoqda. Barella o'yindan tashqari holatda qolgan bo'lshi mumkin. GOL HISOBGA OLINDI!

7. Jeko 27-28 metr masofadan chap oyog'i bilan Teterushanu darvozasini ishg'ol qilishga urindi, ammo zarba o'ta noaniq ketdi.

6. Tonali to'pni jarima maydonchasi ichiga yukladi, bu safar ko'k futbolkalilar xavfni bartaraf etishdi.

5. Endi Acherbi Messiasni yiqitdi, biroq jarima zarbasi burchak bayroqchasiga yaqin hududda. Jarima maydonchasi ichidagi futbolchilar qizishib ketishmoqda.

4. Zarbadan so'ng to'p jonli devorga tegdi va "Milan" raqib hujumini bartaraf etdi.

3. "Milan" futbolchisi o'z jarima maydonchasi oldida qoida buzdi. To'p oldida CHalxanog'lu.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI! "Milan" - qora-qizil, "Inter" - oq-qizil libosda.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика