Fabio Kannavaro: "Italiyadan taklif kutaverib, charchagan edim"
20 dek 16:10
Yangiliklar
Fabio Kannavaro: "Italiyadan taklif kutaverib, charchagan edim"
Italiyalik murabbiy Fabio Kannavaro o'z mamlakatidan taklif kutgani va nima sababdan O'zbekiston terma jamoasini tanlagani haqida fikr bildirdi.
"Nima uchun O'zbekiston taklifini qabul qildim? Chunki ular – jahon chempionatiga yo'l olgan terma jamoa. Biz uchun bu ilk tajriba va, shubhasiz, juda ajoyib turnir bo'ladi. “Biz uchun”, deya takidlayapman, zero mening shogirdlarim uchun mundial katta saboq maktabiga aylanadi, ular bu erda juda ko'p narsani o'rganishlari kerak. Rostini aytsam, kutaverishdan biroz charchagan edim. Aslida, men doim Italiyada ishlashni reja qilganman, ammo agar imkoniyat paydo bo'lmasa, inson o'z ufqlarini kengaytirib, boshqa muhitda tajriba orttirishi ham to'g'ri qaror, deb hisoblayman", dedi 52 yoshli mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar
gaplashaman Fabio
gaplashaman Fabio