Ispaniyaning 21 asrdagi eng yaxshi klubi aniqlandi
14 noy 2020 19:25
Yangiliklar
Ispaniyaning 21 asrdagi eng yaxshi klubi aniqlandi
Barcha musobaqalardagi ko'rsatkichlar bo'yicha unda peshqadam sifatida “Barselona” (3465 ochko) ko'rsatildi. Eataloniyalielar "Real" (3347) va "Atletiko"ni (2149) ortda qoldirdi.
“Barsa” – La Liga va Ispaniya Kubogidagi ishtiroki bo'yicha eng yaxshisi deb topildi, madridliklar esa CHempionlar Ligasida.
Keyingi o'rinlardan "Valensiya" (2139), "Sevilya" (1999), "Vilyarreal" (1648), "Atletik" (1405), "Deportivo" (1395), "Selta" (1164), "Espanol" (1144), "Betis" (1137), "Real Sosedad" (1108), "Malaga" (1035), "Xetafe" (1028) va "Malorka" (1009) joy oldi.
Ro'yxatni tuzishda jamoalarning 2000/01 – 2019/20 yilgi mavsumlardagi ishtiroki hisobga olindi hamda Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federaciyasi (IFFHS) mezonlari asosida tahlil qilindi. Asosiy urg'u sovrinlarga emas, balki g'alaba qozonilgan o'yinlar soniga qaratildi: turli musobaqalardagi g'alabalar uchun 9 ochko, durangga esa 3 ochko yozildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar