So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" сотиб юборган футболчисини қайта харид қилиши мумкин  0 11:15"Бухоро" футболчилари "Динамо"га қарши ўйин ҳақида қандай фикрлар билдиришди?  0 11:05Sofascore. "Ал Файха" ғалаба қозонган баҳсда Шукуров қандай баҳо олди?  0 10:38“Реал Мадрид“ ПСЖнинг етакчиларидан бирини сотиб олмоқчи  12 10:10Финалда мағлуб бўлган Гвардиола ўйин ҳақида нималар деди?  9 09:41Захирадан майдонга тушганлар ўйин тақдирини ҳал қилган "Бухоро" - "Динамо" учрашувидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 09:41Элдор Мойлиев: «Ғалабани мухлисларга бағишлаймиз»  3 08:44Максим Шацких «Андижон»даги дебют учрашувидан сўнг нималар деди?  17 08:13Пролига. Бугун 2-даврага старт берилади  1 07:40Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб ўйин бор  5 06:00Суперлига. Тошкентдаги чангли ўйинда дуранг қайд этилди. "Қўқон-1912" ўз майдонида, "Андижон" эса сафарда мағлубиятга учради  0 01:55Лига 1. Хвичанинг дубли ПСЖга "Осер" устидан ғалабани тақдим этди  2 01:14"Ливерпуль" янги битимни эълон қилди  4 00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  3 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  12

Ispaniya Superkubokni Saudiya Arabistoniga sotdi Yangiliklar

Ispaniya Superkubokni Saudiya Arabistoniga sotdi

Ispaniya futbol federaciyasi (RFEF) mamlakat Superkubogini chet elda o'tkazadigan bo'ldi, ammo LaLigadagilar Amerikada o'ynamaydi.

RFEF Ispaniya Superkubogiga talab kamligini hisobga olib, masalani o'zgacha hal qildi: Turnir Saudiya Arabistonida o'tishi rasman tasdiqlandi.


- Yozda Ispaniyada Qirol Kubogi sohibi hamda liga chempioni o'rtasida o'tkaziladigan ananaviy bahs bo'lmadi ("Barselona" - "Espanol"), buning o'rniga Superkubok yanvarning birinchi yarmida, "To'rt jamoa finali" formatida o'tadi: Sovrin egalari safiga yana ikki top-klub - "Real" va "Atletiko"ni qo'shishdi. Natijada o'tgan mavsum CHempionlar ligasida ishtirok etgan 4 jamoa qatnashadigan bo'ldi.


- Eng muhim jihat: Klublar g'olibni Saudiya Arabistonida aniqlashadi. AS malumotlariga ko'ra, federaciya uch yillik shartnoma bo'yicha 120 mln. evro ishlab oladi. Har yili ishtirokchi klublarga 20 mln. evro bo'lib beriladi, yana 20 "limon" federaciya hisobiga tushadi. Ispaniyaliklarda boshqa takliflar ham bor edi (Xitoy, Hindiston va Qatar), RFEF rahbari Luis Rubialesning aytishicha, ushbu kelishuvda pul katta rol o'ynagan. "Taklif yaxshi bo'ldi, aks xolda Superkubok yo'q bo'lib ketardi. To'g'ri, bu pulga bog'liq masala, ammo olingan daromad ayollar va havaskorlar o'rtasidagi futbolni rivojlantirishga yo'naltiriladi. Ha, bizni tanqid qilishmoqda, ammo bundaylarning ko'pchiligi ikkiyuzlamachi" - deya tushuntirish berdi Rubiales.


- Moliyaviy jihat tufayli ko'pchilikda savol paydo bo'ldi. RFEF avvaliga bu pulni teng bo'lishni istamadi va klublar obro'siga qarab taqsimlashga urindi. ASning xabar berishicha, "Valensiya" (va "Atletiko") uchun 3 mln. evro miqdorida gonorar ajratilgan ekan, "Real" va "Barselona" esa 8 mln. evrodan olishadi. "Valensiya" prezidenti bu taqsimlanish adolatsizlik ekanini aytib, klublar tengligi uchun kurashishini malum qildi.


- Superkubok Saudiya Arabistonida o'tkazilishi LaLigadagilarga yoqmagan bo'lishi tabiiy, chunki chempionat prezidenti Xaver Tebas "Barselona" - "Jirona" va "Vilyarreal" - "Atletiko" uchrashuvlarini AQSHda o'tkazmoqchi edi. RFEF rahbari bu adolatsizlik emasligini isbotlashiga to'g'ri keldi: "Superkubok va Mayamida o'ynash - bu turli narsalar, UEFA faqat Superkubokni chetda o'tkazishga ruxsat beradi. Mayamidagi o'yin boshqa jamoalarga va chempionatdagi raqobatga tasir ko'rsatgan bo'lardi" - dedi Luis Rubiales.


- Qarorga qarshi chiqqanlar nafaqat chetda o'tkaziladigan Superkubokni, balki tanlangan joy borasida ham tanqid qilishmoqda: Aytishlaricha, Saudiya Arabistonida inson huquqlari buzilayotgan ekan. Loyiha hamkori hisoblangan sport vazirligi paydo bo'lgan savollarga o'z izohini berdi: Sport vazirligidagilarning aytishicha, Saudiya Arabistoni zamonaviy mamlakatga aylanmoqda va bu davlatga turist vizasini olish oson va ayollar muammosiz stadionga kirishlari mumkin (bunga 2 yil bo'ldi). Aytgancha, ispanlar Superkubokni Saudiya Arabistoniga ko'chirgan birinchi federaciya emas: 2019 yilning yanvarida "Yuventus" - "Milan" o'rtasida Superkubok uchun bahs bo'lib o'tdi. "Yuve" joriy yilning 22 dekabrida ushbu sovrinni himoya qilishiga to'g'ri keladi.


Ispan klublari yanvarning boshida mini-turnir o'tkaza oladi, chunki chempionatdagi so'nggi tur 22 dekabr kuni o'tkaziladi, keyin 2 haftalik tanaffus. 4-5 yanvardagi tur bahslari kechroqqa qoldirilgan, chunki Superkubok tufayli 18 yanvargacha tatil beriladi. Demak, "to'rtlar finali" ishtirokchilari bir oyda ko'pi bilan 5ta uchrashuv o'tkazishadi. "Yangi turnir taqvim bo'yicha muammolar yuzaga keltirmaydi" - deyiladi federaciya xabarida.


"To'rtlar finali"ning taqvimi malum: 

8 yanvar. "Real" - "Valensiya"

9 yanvar. "Barselona" - "Atletiko"

12 yanvar. Final


O'yinlar Jiddadagi 62 ming muxlis sig'adigan shahzoda Abdulla Al-Faysal stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика