So’nggi yangiliklar

08:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари неча баҳо олди?  6 07:47Ёшларимиз бугун Аргентинага қарши баҳс олиб боради  1 07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0 01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  6 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  29 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  24 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  16 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  19 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  81 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  32 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  28

"Real Madrid" - Ispaniya Superkubogi sohibi! Yangiliklar

"Real Madrid" - Ispaniya Superkubogi sohibi!

Ispaniya superkubogi finalidan o'rin olgan "Atletik" - "Real Madrid" uchrashuvi yakunlandi.

"Atletik" – "Real Madrid" 0:2 (0:1, 0:1)
"Qirol Faxd Xalqaro stadioni"
Gollar
: 0:1 – 38 Modrich, 0:2 – 52, penalti Benzema.

"Atletik" – Unai Simon, De Markos, Martines, Yeray Alvares, Balensiaga (Berchiche, 58), Dani Garsiya, Sarraga (Vesga, 58), Sanset (Raul Garsiya, 58), Berenger (Uilyams, 46), Uilyams, Muniain (Serrano, 81).

"Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Vaskes (Nacho, 90), Benzema, Vinisius Junior (Marselo, 86), Rodrigo (Valverde, 64).

Ogohlantirishlar: Dani Garsiya (77), Yeray Alvares (90).

CHetlatish: Militao (87).


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasni kuzatishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi va "Real Madrid" mavsumdagi ilk sovrinini qo'lga kiritdi!

90+1-daqiqa. O'zgarish! Lukas Vaskes o'rniga Nacho.  

O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90-daqiqa. Ogohlantirish! Yeray Alvaresga sariq. 

89-daqiqa. PENALTI! Raul Garsiya to'p oldida... Tibo Kurtua oyoqlari bilan to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.  

88-daqiqa. CHetlatish! Eder Militao to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun maydondan chetlatildi. 

85-daqiqa. O'zgarish! Vinisius o'rniga Marselo maydonga tushirildi. Kim biladi deysiz, balki bu braziliyalik tajribali himoyachi uchun "Madrid" safidagi so'nggi Superkubok finalidir.

85-daqiqa. Tibo Kurtua to'pga chiqib kelib, xavfni bartaraf etdi. 

82-daqiqa. "Atletik" burchak zarbasidan naf chiqara olmadi.  

81-daqiqa. O'zgarish! Iker Munyain o'rniga Niko Serrano. 

80-daqiqa. Oskar de Markosning uzatmasiga sheriklari etib bora olishmadi. 

78-daqiqa. Ogohlantirish! Dani Garsiyaga to'p uchun kurashda Vinisius Juniorga nisbatan qo'polligi uchun sariq kartochka ko'rsatildi. 

76-daqiqa. Eder Militao hozirgi vaziyatda yaxshi harakat qildi. 

75-daqiqa. O'yin tempi biroz tushandek. "Real" bosiqlik bilan to'pni nazorat qilmoqda.

73-daqiqa. Yeray Alvares to'pni jarima maydonchasi ichiga yo'lladi, ammo sheriklari to'pga eta olishmadi.  

70-daqiqa. Niko Uilyamsning uzatgan to'pi ko'zlangan manzilga etib bormadi.  

68-daqiqa. Lukas Vaskes Iker Munyainga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. 

67-daqiqa. "Real" raqib davrozasi oldida vaziyat yaratishga urinmoqda. 

64-daqiqa. O'zgarish! Rodrigo o'rniga Fede Valverde maydonga tushdi.

64-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Raul Garsiya zarba bilan yakunladi, biroq qulay vaziyatdan futbolchi unumli foydalana olmadi.  

60-daqiqa. Vinisius o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi. 

58-daqiqa. O'zgarishlarOyan Sanset va Mikel Balensiaga o'rniga Raul Garsiya hamda Yuri Berchiche tushirildi.

Karim Benzemaning zarbasi qovushmadi. 

57-daqiqa. Rodrigo to'p uchun kurashda qoidani buzdi deb topildi. 

54-daqiqa. Iker Munyain uzoq masofadan zarba yo'llab ko'rdi, juda noaniq.

52-daqiqa. GOOOOOOOL! Karim Benzema oradagi farqni ikkitaga oshirmoqda.   

51-daqiqa. PENALTI! Takroriy lavhani tomosha qilgach, hakam penalti belgilashni to'g'ri deb hisobladi. 

50-daqiqa. Karim Benzema zarba berdi, to'p Alvarezning qo'liga tegib, maydonni tark etdi. Hakam dastlab burchakka ishora qildi. Lekin shoshmaslikni so'ramoqda... "VAR" nima derkin?  

48-daqiqa. Mikel Balensiaga markazda Luka Modrichga nisbatan qo'pollik ishlatdi.   

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni "Real" boshlab berdi va bo'limdagi birinchi zarbani Vinisius berdi, lekin noaniq. Bosh hakam bundan tashqari braziliyalik futbolchi o'yindan tashqari holatda bo'lganligini qayd etdi.   

45+1-daqiqa. To'p o'yinga kiritildi va hakam hushtak chalib, jamoalarni tanaffusga taklif qildi. 

Oyan Sanset zarba berdi, biroq unga aniqlik etishmadi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi. 

To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 65% - 35% "Real" foydasiga.

41-daqiqa. Hozirgina gol urgan Modrich yana bir bor zarba berdi, ammo bu safar urinish ancha noaniq chiqdi. 

38-daqiqa. GOOOOOOOL! Luka Modrich hisobni ochdi. Rodrigoning ajoyib harakatlari va Lukita aylanma zarbasi bilan hisobni ochdi!

Ikerning o'zi uzatmani amalga oshirdi, ammo himoyachilarga yordamga qaytgan Karim Benzema to'pni qaytarib yubordi. Qo'shimchasiga, bosh hakam francuzga nisbatan qoida buzilganini etirof etdi.  

34-daqiqa. Iker Munyainga nisbatan qoida buzildi. Mehmonlar jarima zarbasini amalga oshirishadi.

Jarima maydonchasi oldida raqib qaytarayotgan to'p Toni Kroosning yuziga tegdi va germaniyalik futbolchimaydonda yotibdi. 

32-daqiqa. Rodrigo qanotdan uzatmani amalga oshirdi, lekin himoyachi to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

29-daqiqa. Unai Simon ikki bor Kazemironing xavfli zarbalarini qaytarishga erishdi. 

24-daqiqa. Hakam Toni Kroos o'yin qoidasini buzdi deb topdi.  

22-daqiqa. Rodrigo to'pni jarima maydonchasi ichiga yo'lladi, lekin himoyachi faollik ko'rsatdi.  

20-daqiqa. "Atletik" raqib darvozasi oldida vaziyat yaratishga urinmoqda.  

15-daqiqa. "Atletik" burchak zarbasini amalga oshiradi. Uzatmadan keyin himoyachilar to'pni qaytarishga muvaffaq bo'lishdi.  

14-daqiqa. "Real" to'pni nazoratida ushlab turibdi.  

12-daqiqa. Lukas Vaskes raqibning xavfli qarshi hujumini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

10-daqiqa. "Atletik Bilbao" chap qanotdan oldinga o'tdi va jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni David Alaba qaytardi.   

7-daqiqa. Benzemaning uzatmasi sherigiga aniq etib bormadi.

"Atletik" bugun ikkinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynashga rozi bo'lib, maydonga tushgan ko'rinadi. 

4-daqiqa. Inigo Martines xavfni bartaraf etish maqsadida to'pni uzoqlashtirdi.

3-daqiqa. "Real" futbolchilari to'pni nazorat qilishmoqda. 

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi!

Har ikki klub asosiy tarkib futbolchilari maydonga tushib kelishdi. 

"Atletik" — "Real Madrid"

Atletik – Unai Simon, De Markos, Martines, Yeray Alvares, Balensiaga, Dani Garsiya, Sarraga, Sanset, Berenger, Uilyams, Muniain.

Real Madrid – Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Vaskes, Benzema, Vinisius Junior, Rodrigo.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика