Ispaniya CHexiyaga qarshi ayollar terma jamoasi libosining dizaynidagi formada maydonga tushadi
12 iyu 2022 22:10
Yangiliklar
Ispaniya CHexiyaga qarshi ayollar terma jamoasi libosining dizaynidagi formada maydonga tushadi
12 iyun kuni Malagadagi stadionda Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichida CHexiyaga qarshi bahs olib boradi.
Ispaniya terma jamoasi ayollar futboli libosi dizaynidagi formada maydonga tushadi, deya xabar bermoqda terma jamoa matbuot xizmati. Bu qaror ayollar jamoalari o'rtasidagi bo'lajak Evropa chempionatini qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
2022 yilgi ayollar o'rtasidagi Evropa chempionati 6-31 iyul kunlari Angliyada bo'lib o'tadi. Ispaniya terma jamoasi Germaniya, Daniya va Finlyandiya bilan bir guruhdan joy oladi.
Eslatib o'tamiz, rasmiy o'yinda ayollar libosi dizaynida ilk bor Germaniya terma jamoasi futbolchilari maydonga tushishgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar