Islombek Isoqjonov: "Olmaliq" bilan bir yillik shartnoma tuzdim"
16 iyu 2014 18:33
Yangiliklar

Islombek Isoqjonov: "Olmaliq" bilan bir yillik shartnoma tuzdim"
Oxirgi yillarda birinchi ligada to'purarlik mahoratini namoyish etib kelayotgan Islombek Isoqjonov elita vakillarida qiziqish uyg'ota boshladi.
21 yoshli hujumchiga ayniqsa "Olmaliq" jiddiy taklif bilan chiqdi. SHu bois namanganlik futbolchi Igor SHkvirin boshqaruvidagi jamoa yig'iniga borib qo'shildi.
O'quvchilarimizga yaxshi malumki, Igor Anatolevich birinchi ligadagi futbolchilarni ham doimo kuzatib boradi. Ayniqa unda o'zini ko'rsatayotgan to'purarlarni o'z jamoasiga taklif etib, kashf etib kelgan. Mo'ydin Mamazulumov bunga yaqqol misol bo'la oladi. Bugun "Olmaliq" birinchi yig'inini yakunladi. SHundan so'ng Isoqjonov bilan qisqacha suhbatlashdik.
- "Xotira-79"da o'ynab yurgan paytlarimda, Toshkentga bir necha safarga kelib chempionat o'yinlarida ishtirok etdik. Aynan mazkur o'yin chog'ida "Olmaliq" murabbiylari o'yinimni diqqat bilan kuzatgan. Keyin adashmasam, bundan 2-3 oy ilgari taklif bilan chiqishgandi", - deya gap boshladi Islombek Isoqjonov.
- SHundan so'ng ularga vada berdim va birinchi davradan so'ng jamoa yig'iniga borib qo'shildim. Aslida oliy ligada o'ynash vaqti kelgandi. SHuningdek elita jamoasida o'ynash ishtiyoqi yuqori edi. "Olmaliq" men uchun eng qulay variant bo'ldi deb o'ylayman.
- Ikkinchi davrani endilikda "Olmaliq"da o'tkazishim aniq bo'lib ulgurdi. Yaqinda jamoa bilan bir yillik bitimga imzo chekdim.
- Yangi klubda meni iliq kutib olishdi. Futbolchilarning ayrimlari bilan tanishman. Qolganlari bilan endi-endi tanishib bormoqdamiz. Xullasa kirishib ketishim oson bo'ldi.
- Yig'in davomida o'tkazilgan sinov-nazorat o'yinlarida murabbiylar meni ham sinab ko'rdi. Mashalga qarshi bahsda maydonga tushdim. Yomon emas. Nasib qilsa bu erda ham o'zimni ko'rsatmoqchiman.
- Avvalgi jamoam "Xotira-79" bilan do'stona xayrlashdim. Rahbariyat va murabbiylar menga yangi jamoada omad tiladi. Keyinchalik ham bu jamoaga befarq bo'lmayman", - deydi Isoqjonov.

Fikrlar