So’nggi yangiliklar

02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  47 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  0 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  1 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  7 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  8 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

Islom To'xtaxo'jaev: "Bugun Italiya, Franciya va Ekvador g'alaba qozonadi" Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev: "Bugun Italiya, Franciya va Ekvador g'alaba qozonadi"

Braziliyada davom etayotgan JCH-2014da bugun yana 3 ta uchrashuv o'tkaziladi.
Markaziy o'yinlardan biri Franciya va SHveycariya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. Bu ikki jamoa dastlabki turda mos ravishda Gonduras (3:0) hamda Ekvador (2:1) terma jamoalarini mag'lub etishgandi. SHu bois ham bugungi o'yinning qiziqarli o'tishi kutilyapti. Aynan mana shu uchrashuv guruh g'olibi nomini ham aniqlab beradi. SHuningdek, bugun Italiya  Kosta-Rika hamda Ekvador  Gonduras juftliklari ham o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi.
Biz bugungi o'yinlar oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda Toshkentning Lokomotiv klubi himoyachisi Islom To'xtaxo'jaevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Islom, JCH-2014 o'yinlarini ko'rib boryapsizmi?
- Ochig'ini aytsam, hamma o'yinlarni ham ko'ra olmayapman. Markaziy uchrashuvlarni imkon qadar qoldirmaslikka harakat qilyapman.

- Ispaniya va Angliya terma jamoalarining mundialdagi omadsiz ishtiroki haqida qanday fikrdasiz?
- Hamisha ham bir tekis o'yin namoyish etib bo'lmaydi. Menimcha, Braziliyadagi mundialda bu ikki terma jamoaga omad etishmadi.

- Bugun oqshom o'tkaziladigan o'yinlardan nimalar kutyapsiz?
- O'ylashimcha, bugun Italiya,Franciya va Ekvador terma jamoalari raqiblarini mag'lub etishadi.

- Hisoblarni taxmin qila olasizmi?
- ... (biroz o'ylab) Ekvador  Gonduras - 2:0, Franciya  SHveycariya - 2:1,  Italiya  Kosta-Rika - 2:0.

- Sizningcha, qaysi jamoa chempion bo'ladi?
- Odatda taxminlarim o'zini oqlab turadi. O'z uyida o'ynayotgani uchun Braziliya terma jamoasining imkoniyatlarini yuqoriroq baholayman. Germaniya va Gollandiya ham o'z ishtirokini chakki boshlamadi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика