So’nggi yangiliklar

16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  0 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  3 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  2 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  1 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  3 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  1 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  3 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1

Islom Mamatkazin: "Bunday ishqibozlar oldida to'p surish hammaga zavq va motivaciya beradi" Yangiliklar

Islom Mamatkazin: "Bunday ishqibozlar oldida to'p surish hammaga zavq va motivaciya beradi"

Teglar :  Islom Mamatkazin
Superliganing 2-turida “Andijon” o'z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qilib 5:1 hisobida g'alaba qozonib, o'z muxlislari uchun haqiqiy bayramona kayfiyatni yarata oldi.

Uchrashuvda uchinchi gol muallifiga aylangan himoyachi Islom Mamatkazin ham “Andijon”ning g'alabasiga katta hissasini qo'sha oldi. 

-Islom, ajoyib o'yin va g'alaba bilan tabriklaymiz. Bunday uchrashuvdan so'ng nimalarni ayta olasiz?

-O'yin juda shiddatli o'tdi. Tarixni yangilash payti kelgandi va buni yangiladik. Bu bizning “Bunyodkor” ustidan birinchi g'alabamiz bo'ldi. Ushbu muvaffaqiyatga hissamizni qo'shganimizdan xursandmiz. Barcha kelgan muxlislarga va bizni qo'llab-quvvatlaganlarga rahmat. Bunday ishqibozlar oldida to'p surish hammaga zavq va motivaciya beradi.

-Yirik hisobdagi g'alabani qanchalik kutgandingiz? Umuman, bahsdan oldin qanday hisobni o'ylagandingiz?

-To'g'risi, yirik hisobda g'alaba qozonishimizni kutmagandik. O'yindan oldin 2:0 yoki bitta to'p farqi bilan yutamiz, deb o'ylagandim.

-O'yin davomida “Bobur Arena”da yuzaga kelgan muhit haqida nima deya olasiz va bu sizga qanday tasir qildi?

-Uchrashuvdagi muhit bizga yaxshi tasir ko'rsatadi. Aytib o'tganimdek, motivaciya beradi. Futbolchilarni ruhlantiradi va o'ziga yarasha kuch bag'ishlaydi. Bu orqali biz 12-o'yinchiga ega bo'lib, maydonda bir futbolchi ko'p o'ynagandek bo'lamiz.

-Golingizni Konor Makgregor uslubida nishonladingiz. Bunga oldindan tayyorlanganmisiz yoki to'satdan shu narsa xayolingizga keldimi?

-Yo'q, bu tayyorlangan narsa emasdi. SHunchaki, bir kun oldin gol ursam shunday nishonlayman, degan o'y xayolimga kelgandi.

-Bu sizni “Andijon”dagi va Superligadagi ilk golingiz…

-Ha, debyut golim bo'ldi.

-Debyut golingizni kimga bag'ishladingiz?

-Onamga.

-Bunyodkor” sizda qanday taassurot qoldirdi?

-Hamma biladi, “Bunyodkor” kuchli jamoa bo'lib kelgan. Menimcha, yangi murabbiylar kelgani sababli ularda moslashuv jarayoni bo'lyapti.-

-Jamoada g'alabaga ishtiyoq va shijoat kuchli edi va bu natijada ham sezildi. Jamoa buning uchun qanday motivaciya oldi?

-Avvalo aytishim kerakki, jamoamizda muhit alo darajada. Hamma futbolchilar tushunib turgandi va tarixni yangilash payti kelganligini his qilishayotgandi. Hamma “Andijon” shanini munosib himoya qilish hamda “Bunyodkor” ustidan faqat g'alaba qozonish uchun kurashdilar. Hali bunaqa g'alaba bo'lmagan. Biz o'z maqsadimizga erishganimizdan xursandmiz.

-Endi Toshkentda “Surxon”ga qarshi o'yin bor. Bo'lajak bahs haqida o'ylayotgandirsiz?

-Biz yana shu ruhda davom etib, Xudo xohlasa, “Surxon” bilan o'yinda ham g'alaba qozonamiz, deb umid qilaman.

“Andijon” matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика