So’nggi yangiliklar

18:42"Бавария" ва "Байер" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  0 18:12"Коняспор" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 17:49"Нефтчи" янги мавсум олдидан Ислом Исмоилов иштирокида матбуот анжумани ўтказди  7 17:30Достон Турсуновнинг ягона голи жамоасига ғалаба келтирди   0 17:04Лига ишчи гуруҳи Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони билан ишлашда давом этмоқда  1 17:03Эшитдик-да! "Қўқон-1912" бош мураббийи Баҳром Ҳайдаров клубда қолмоқчи эмас  2 16:54“Бунёдкор” Кривокапич билан шартномани икки йилга узайтирди  1 16:20"Астон Вилла" — "Арсенал". Таркиблар маълум  6 15:55"Барселона" туман туфайли "Бетис" билан ўйинга ўз вақтида учиб кетолмади  3 15:21"Машъал"ни Суперлигада олиб қолган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:03"ЎФФ Президенти кубоги" мусобақасида 4-тур учрашувлари ортда қолди  0 14:31"Қўқон-1912"ни Суперлигада олиб қолган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:11Эшитдик-да! Ўзбекистон Португалия билан ўйнамайди  28 13:48Колумбия ЖЧда Осиё жамоаларига қарши 3 марта ўйнаган  16 13:38Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  0

"Neftchi" yangi mavsum oldidan Islom Ismoilov ishtirokida matbuot anjumani o'tkazdi Yangiliklar

"Neftchi" yangi mavsum oldidan Islom Ismoilov ishtirokida matbuot anjumani o'tkazdi

Joriy mavsum yakunidan so'ng "Neftchi" PFKga Islom Ismoilov bosh murabbiy etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan bugun klub matbuot hizmati tomonidan OAV vakillari uchun yangi mavsum oldidan matbuot anjumani tashkilandi.

Matbuot anjamanida jurnalist va blogerlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

- Avalambor, birinchi navbatda boy tarixga ega, katta armiyaga ega muhlislari bor klubni boshqarishni menga ishonib topshirishganligi uchun klub rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Faoliyatimda "Neftchi" men uchun yangi chaqiruv, yangi bosqich , katta ishonch va shu bilan birgalikda katta masuliyatdir. Asosiy maqsadlarimdan biri muxlislar mehrini qozonish hamda "Neftchi" jamoasini yangi bosqichga olib chiqish uchun bor kuchim bilan harakat qilishdir. Bular osongina hal bo'lmaydi, lekin biz bu yo'lda birgalikda jamoa,muhlislar barchamiz birgalikda harakat qilishimiz lozim.


Savollar

- Avvalambor sizni "Neftchi" jamoasida ko'rib turganimizdan  xursandmiz, joriy mavsumda jamoa uzoq kutilgan chempionlikni qo'lga kiritdi. Mavsum oldidan rejalar qanday?

- Birinchi navbatda chempionlikni munosib himoya qilish, Elit Osiyo chempionlar ligasi musobaqasida yurtimiz shanini munosib himoya qilish, shuningdek Farg'ona viloyati hokimining yoshlarga berayotgan etibori misolida «Neftchi» jamoasi akademiyasi o'z faoliyatini boshladi. Akademiya O'zbekistondagi eng ilg'or akademiyalardan biri bo'lishi ko'zda tutilmoqda. Kelgusida asta sekinlik bilan jamoa falsafasini, o'yin uslubini yoshlarga tayanadigan jamoaga aylantirish maqsadidamiz. Shu bilan birgalikda tajribali futbolchilar orqali yoshlarga o'rnak va maydonda o'rganishlari lozim bo'lgan jihatlarni olishlari uchun tarjribali futbolchilarni o'rni ham jamoada muhim hisoblanadi.

- Jamoamizni 2026 yilda qanday taktik uslubda ko'ramiz?

- Birinchi navbatda hujumkor futbolsni targ'ib qilamiz. Lekin doyimiy ravishda hujumkor futbol o'ynashni imkoni ham yo'q , asosiy maqsadimiz muhlislarga manzur bo'ladigan chiroyli va sifatli futbol namoyish etish.

- Yangi mavsum oldidan jamoa rejalari haqida malumot bersangiz?

- Mavsum oldidan jamoamiz yangi yilning 5 yanvar sanasida Turkiyaning Antaliya shahriga o'quv yig'in mashg'ulotlarini o'tkazish uchun jo'nab ketadi.U erda nazorat uchrashuvlarida maydonga chiqish ham ko'zda tutilgan tutilgan. O'quv yig'in mashg'ulotlari 15 fevralda tugaydi va yurtimizga qaytib kelamiz.

Umuman olganda yangi mavsumga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rish nazarda tutilgan.

- Sizni bosh murabbiy lavozimida ko'rib turganimizdan xursandmiz. O'tgan mavsumda jamoa nisbatan himoyaviy futbol o'ynagandek ko'ringandi. Yangi mavsumda hujumkor futbol ko'rishimiz mumkinmi?

-Shu o'rinda jamoaning sobiq bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman. Har bir murabbiyning futbolda o'zining qarashlari va o'yin uslubi bo'ladi. Kimdir hujumkor, kimdir himoyaviy futbolni hush ko'radi. Mening falsafam aytib o'tganimdek, himoyani esdan chiqarmagan holda hujumkor futbolni targ'ib qilishdir.

- Shu savolga qo'shimcha qilaman, bilamiz Vitaliy Levchenko 3-5-2 taktikasida futbol o'ynar edi. Agar ushbu mavsumda jamoa o'zagi saqlanib qolinsa, sizning taktik uslubingizga futbolchilar moslashishi haqida qanday fikrdasiz?

- Albatta, jamoadagi  futbolchilar o'z ishini ustasi va professionallar hisoblanadi. Ular istalgan sxema va taktikada futbol o'ynay olishadi. O'ylaymanki futbolchilar bilan moslashishda muammo bo'lmaydi.

- Kecha klub matbuot hizmati tomonidan Xans-Yurgen Gyode yordamchingizga aylangani haqida xabar berildi. Murabbiylar shtabi haqida qo'shimcha malumot bersangiz?

-Kecha germaniyalik mutahassis Xans-Yurgen Gyode bilan shartnoma imzolandi. Shuningdek, rejaga ko'ra murabbiylar shtabi asosan Evropa mamlakatlaridan jalb qilinadi. Bunga sabab, jamoa kelajakda zamonaviy va sifatli futbol ko'rsatishi inobatga olinmoqda. Buning uchun albatta viloyat rahbariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Futbolda shaxsiy qobiliyat (insting, sezgirlik) yoki analitika. Qaysi biriga ko'proq ishonasiz? 

- Har ikkisi ham futbolda muhim jihatdir. Futbolni insonlar o'ynaydi robotlar emas. Uchrashuv paytida asosan birinchi o'rinda tahlil qilinadi. Yangi mavsumda bunga katta etibor qaratamiz. O'yinni rivojlantirish bo'yicha aytib o'tganimdek, Evropadan mutahassislar jalb qilinadi. Lekin qaerdadir inson o'yin holatidan  kelib chiqib vaziyatni o'zida his qilishi kerak. Ko'proq analitikaga ham quloq tutish zamonaviy futbolni qonuni hisoblanadi.

- Yoshlar jamoasi  yangi mavsumda sizning ish rejangizda bormi? Ularni yangi mavsum uchun rejalari qanday? 

- Xozirdan yangi mavsum uchun ishlar boshlab yuborilgan va yoshlarga katta etibor qaratiladi. Mashg'ulotlarga yosh futbolchilar jalb qilish bo'yicha bosqichma bosqich rejalar tuzilgan. Asosiy maqsadlarimizdan biri, iqtidorli futolbchilarni katta futbolga olib kirish hisoblanadi. Bu katta mehnat talab qiladi. O'ylaymanki, yaqin yillarda jamoamiz tarkibida bir nechta yosh futbolchilar yulduz bo'lib porlashiga bor kuchimizni ishga solamiz.

- Ayni vaqtda futbolda standart vaziyatlar natija olib kelish uchun asosiy qurolga aylanmoqda. Savolim shuki, murabbiylar shtabida aynan shu jihatlarga etibor beradigan mutahassisni ko'ramizmi?

- Hozirga kelib yordamchi murabbiy shtabga jalb qilindi. Oldimizda ikkita masala qoldi. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy va darvozabonlar murabbiyi. Bu borada kerakli mutahassislar bilan bog'langanmiz. Barchasini yo'lga qo'yib olsak albatta, siz aytgandek har bir detallarni o'rganib chiqamiz. Jamoamiz uchun munosib mutahassis zarur deb topilsa albatta, shunday mutahassisni jamoaga taklif qilamiz.

Murabbiy va mutahassislarning barchasi Evropadan kelishi ko'zda tutilgan.

- Jamoaga kelganingizdan so'ng birinchi navbatda ishni nimadan boshladingiz?

- Avvalo tayyorgarlik ko'rish rejalari ustida ishladik. Jamoaning o'zagi saqlanib qolinadi. Jamoa allaqachon shakllangan. Futbolchilarga ishonch bildiramiz va shu bilan birga yosh futbolchilarni ham tarbiyalashga katta etibor qaratamiz.

- Oldinda Elit liga musobaqasi turibdi. Jamoa tarkibi kuchaytiriladimi? 

- Elit liga uchun tayyorgarlik boshlangan. Jamoa tarkibiga kelsak, hozirgi chempion tarkibda juda katta potencial bor. Ularga ishonch bildirilsa, o'yin uslubi to'g'ri yo'lga qo'yilsa katta salohiyatga ega futbolchilarimiz Elit ligada nimalarga qodirligini ko'rsata oladi.

- Selekciya jarayoniga kech qolmayabmizmi ?

- Selekciya ishlari amalga oshirilmoqda. Barcha muzokaralar yakuniga etsa jamoa matbuot hizmati tomonidan elon qilinadi.

- Yangi mavsumdagi intriga haqida nima deya olasiz?

-«Neftchi» jamoasining yangi mavsum uchun rejalari bor. Biz hech qaysi jamoadam qo'rqmaymiz va umid qilamizki muhlislar daldasi bilan chiroyli galabalarga erishib, ularni xursand qilamiz.

- 2026 yilda Islombek Ismoilov «Istiqlol» stadioniga keladigan muhlislardan  nima kutmoqda? 

-Joriy mavsumda muhlislarimiz statistik jihatidan ham, muhlislik etikasi tomonidan ham mamlakatimizda etakchi bo'la olishdi. Yangi mavsumda ham bundanda yuqori darajani kutamiz. Xabarim bor, muhlislarimiz yangi mavsum uchun tayyorgarliklarni boshlab yuborishdi. O'ylaymanki, ular bu yilgidanda ko'proq jamoani qo'llab quvvatlashadi va jamoamiz ham shunga munosib ravishda muhlislarini xursand qilishga bor kuch g'ayratini ishga soladi.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
06 dek 18:01:50
Уз.
Ишкилиб Фудболчилар бунга ургатишмасинда тактикани
+1   
06 dek 17:59:22
Saidjahon
Исмоиловга кийин булади босим катта чемпион жамоани кабул килиб оляпти.
+1   
06 dek 17:53:31
Жасурбек Фазилов
Озгина ёш да шу бола...катталарга босим утказа олармикан.
   
06 dek 18:45:05
Doktor D
ОМАД БРАТИШКА ёрворасан любой ни хали
   
06 dek 18:31:20
Bah7614
ayirish belgisiga balo bormi
   
06 dek 18:05:43
Шухратжон Муйсинович
Журналистлардан савиялироқ саволлар кутгандим.
   
06 dek 17:59:30
Адхамжон Низамов
Духини бермайдиган йигит.Ишларига омад.Келаси йил хам Нефтчини чемпионлигини саклаб колишига ишонамиз.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика