Islom Ahmedov: "O'zbekistonning kuchli hamda sovrindor jamoalaridan biri bo'lgan “Navbahor” bilan o'ynaganimizdan xursandman"
25 mar 2024 10:41
Yangiliklar
Islom Ahmedov: "O'zbekistonning kuchli hamda sovrindor jamoalaridan biri bo'lgan “Navbahor” bilan o'ynaganimizdan xursandman"
Mazkur o'yindan so'ng, mehmonlar bosh murabbiyi, hamyurtimiz Islom Ahmedov klubimiz rasmiy sayti uchun maxsus intervyu berdi. Quyida uning fikrlarini etiboringizga havola etyapmiz.
"O'zbekistonning kuchli hamda sovrindor jamoalaridan biri bo'lgan “Navbahor”ga qarshi xalqaro o'rtoqlik bahsi o'tkazganimizdan xursandman.
Mazkur o'yin o'zbek va qirg'iz xalqlari o'rtasidagi do'stlikni yanada mustahkamlaydi, jamoamiz uchun esa Avstraliyaning “Central Kost Mariners” klubiga qarshi kechadigan OFK kubogi hududiy final bellashuvlaridan oldin tajriba oshirishga yordam beradi, degan umiddaman.
Tan olish kerak, namanganliklar o'yin saviyasi hamda tajriba borasida jamoamizdan ancha kuchli. SHunday bo'lsada, yigitlar nomdor raqibga qarshi munosib o'yin namoyish etishga intilishdi. Biroq, tajriba baribir o'z so'zini aytdi. Ajoyib tashkilotchilik uchun “Navbahor” klubi rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. “Navbahor”ga Superliga va O'zbekiston kubogi musobaqalarida omad yor bo'lib, jamoa g'alabalari bilan muxlislarga quvonch ulashishiga tilakdoshman", - dedi Islom Ahmedov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar