Isko "Real" bilan shartnoma uzaytirishga umid qilib, "Yuventus" va "Milan"ga rad javobini berdi
24 avg 2016 11:10
Yangiliklar
Isko "Real" bilan shartnoma uzaytirishga umid qilib, "Yuventus" va "Milan"ga rad javobini berdi
"Real" yarim himoyachisi Isko o'z klubini tark etmoqchi emas.
Ispaniyalik futbolchining xizmatlariga "Milan" va "Yuventus" qiziqish bildirmoqda, ammo yarim himoyachi Italiya grandlariga rad javobini berdi. Isko asosiy tarkibdan joy olishiga ishonadi, ammo "Qirollik klubi" ustozi Zinedin Zidan uni asosiy tarkibda ko'rayotgani yo'q. Futbolchi "Real" bilan 2018 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirmoqchi.
Fikrlar