Isko - xuruj haqida: "Dam olish va ovqatlanishga bolalikdan etibor berish kerak"
16 okt 22:59
Yangiliklar
Isko - xuruj haqida: "Dam olish va ovqatlanishga bolalikdan etibor berish kerak"
"Betis" futbolchisi Isko bir necha yillar oldin bo'lgan epilepsiya xuruji haqida gapirdi.
"Adashmasam 2022 yilda uxlab yotganimda sodir bo'lgandi. Bunday holat bolaligimda ham, undan keyin ham sodir bo'lmagandi. Biroq bu xuruj juda qattiq bo'lgandi. 4 kun davomida kasalxonada bo'ldim va meni chuqur tekshirishdi. O'sha kundagi barcha voqeliklarni ham eslay olmayman.
4 yildan beri har kuni tunda dori ichaman, shundan keyin bunday holatlar bo'lgani yo'q. Bu gaplarni xalq uchun hali aytmagandim. Odamlar bunday holatga tushib qoladigan bo'lsa, davolanishlari va oddiy qarashlari kerak.
Yosh va bunday holatlarga etibor bermaydigan paytda bu hech nima emas. Lekin yosh o'tganidan keyin bolalikdan boshlab dam olish va ovqatlanishga jiddiy etibor berish kerakligini tushunarkansan", - dedi Isko.
Fikrlar