So’nggi yangiliklar

12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  0 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  3 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  4 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  19 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0

Iroq U-23 bosh murabbiyi Miroslav Soukup: "Bizning o'yin muxlislar uchun juda qiziqarli bo'ldi" Yangiliklar

Iroq U-23 bosh murabbiyi Miroslav Soukup: "Bizning o'yin muxlislar uchun juda qiziqarli bo'ldi"

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo kubogining birinchi turidan o'rin olgan Iordaniya U-23 va Iroq U-23 termalari o'rtasidagi uchrashuv (1:1) yakunlandi.

O'yindan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida Iroq U-23 bosh murabbiyi Miroslav Soukup va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Vakaa Ramadan qaynashdi.

Murabbiyning o'yin haqidagi fikrlari

- Barchaga hayrli kech. Nima ham deya olaman. O'yindan oldin ham bugun juda kuchli raqibga qarshi duch kelishimizni aytgandim. Iordaniya juda kuchli jamoa ekanini isbotladi. Ikkala jamoa ham g'alaba qozonishi mumkin edi. Bizning o'yin muxlislar uchun juda qiziqarli bo'ldi. Endi keyingi o'yin haqida o'ylashni boshlashimiz kerak. Sababi, yana ikki kundan keyin yana bir qiyin raqib bo'lmish Avstraliyaga qarshi maydonga chiqamiz. Keyingi bosqichga chiqishni rejalashtirganmiz. Ikkinchi taym biz uchun birinchisidan ko'ra yaxshiroq o'tdi. Sababi, Iordaniya birinchi bo'limda juda kuchli harakat qildi. Ikkinchi taymda esa biz vaziyatni o'ngladik. VARning qarorini hurmat qilamiz. O'yindan oldin kimdir menga durang seni qoniqtiradimi deganda, men ha deb javob berardim. Endi keyingi o'yinlarga etibor qaratishimiz lozim. 

- O'yinchiga savol. Iordaniyaga qarshi o'yin qanday kechdi?

- O'yindan oldin biz g'alaba qozonishni maqsad qilgandik. Ammo durang ham yomon natida emas. Bor kuchimizni ishga soldik. Keyingi o'yinlarda xatolarni kamaytirib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz. 

- Janob murabbiy, bekor qilingan penaltiga munosabatingiz qanday?

- Yuqorida ham takidlab o'tdim. Men u erda nima bo'lganini aniq ko'rganim yo'q. Hech kim bizga nega penaltini bekor qilishganini aytgani yo'q. Hakam o'sha vaziyatdan biroz oldin qo'l bilan o'yin bo'lgan bo'lishi mumkinligini aytdi. Vaziyat yakunlandi. Men hakamni tanqid qilmoqchi emasman. Biroq huddi shunga o'xshash boshqa bir holatda hakam teskari qaror chiqardi. Ammo bu erda VAR bor va men uning qarorlarini hurmat qilaman. 

- Birinchi bo'limdan keyin shodirlaringizga qanday ko'rsatmalar berdingiz?

- Biz shunchaki o'z xatolarimiz haqida gaplashdik. Tanaffusda bitta o'yinchini almashtirdik. Sababi, biz nimanidir o'zgartirishimiz kerak edi. Iordaniya termasining zaif nuqtalari haqida ham maslahatlashdik. SHundan so'ng, ikkinchi bo'limda biz biroz yaxshi harakat qildik. Hujumda ham xavfli vaziyatlar yaratdik. 

- Jamoangiz bir ochkoga ega bo'ldimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?

- Aytganimdek, biz bugun juda kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. O'yinnig oxirgi daqiqalarida ikki jamoa ham gol urishga intildi. Bu esa ajoyib. Muxlislar bunday yutishdi. O'yinchilarimga bu o'yin uchun rahmat aytdim. O'yin menja ijobiy taassurot qoldirdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика