So’nggi yangiliklar

14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  7 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  2 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  2 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  8 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0

Iqbol Boboxonov: "Mashal"ga penalti tepishni oldindan o'ylab qo'ygandim" Yangiliklar

Iqbol Boboxonov: "Mashal"ga penalti tepishni oldindan o'ylab qo'ygandim"

Yozgi tanaffusda “Andijon” jamoasi o'z safiga Anvar Berdiev, Iqbol Boboxonov, Abdulloh Olimov kabi yangi futbolchilarni qo'shib olganidan xabaringiz bor.

Ulardan Boboxonov va Olimov ikkinchi davrada “Andijon” uchun o'ynashni boshlashdi. 17-turda andijonliklar o'z maydonida “Mashal” jamoasini qabul qilib 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Bu o'yin qahramoni Iqbol Boboxonov bo'ldi deyish mumkin. Aynan uning yagona goli “Andijon”ga muhim g'alabani taqdim etdi. Boboxonov hisob 0:0 bo'lib turgan bir vaziyatda penalti tepish masuliyatini o'z zimmasiga oldi va ishonchni oqladi. Etiborli jihati, birinchi davrani “Mashal”da o'tkazgan Boboxonov shu kuni sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol etdi. O'yindan so'ng ushbu himoyachi bilan suhbatlashdik.
 - O'yin o'ziga yarasha qiyin o'tdi. Birinchi davrada “Mashal”da to'p surganim bois bu jamoani qanday o'ynashini yaxshi bilardim. Bu narsa menga yordam berdi. “Mashal” futbolchilari standart vaziyatlarda yaxshi harakat qilishini bilardim. SHuning uchun himoyadagi sheriklarimga kerakli gaplarni aytib turdim. SHu ham bizga qo'l keldi deb o'ylayman.

- Bu uchrashuvda “Andijon” nimaning evaziga g'alaba qozondi deb o'ylaysiz?
 - Uchrashuvning so'nggi 20 daqiqasida jismoniy jihatdan “Mashal”dan ustunlik qildik. Qolaversa, bu o'yinda g'alaba bizga ko'proq kerak edi. SHuning uchun bolalar ham maydonda jon-jaxdi bilan harakat qilishdi. Aynan mana shunday katta ishtiyoq evaziga g'alaba qozondik.

-11 metrli nuqtaga siz yaqinlashdingiz. To'g'risi, buni hech kim kutmagandi. Bunga o'zingiz qaror qildingizmi?
 - O'yindan oldingi tayyorgarlik paytida murabbiyimiz, agar penalti bo'lib qolsa, kim tepishni o'zlaring hal qilasizlar degandi. Jamoadagi shtatli penaltichi Lochin Soliev o'sha vaziyatda zaxirada edi. Sanjar Asqaraliev, Asqar Jadigerov, Iqbol Akramov kabi tajribali jamoadoshlarim penaltini men tepishimni aytishdi. Aslida o'yindan oldin penalti tepishni niyat qilgandim. SHu bois bu vazifani o'z zimmamga oldim. Xudoga shukr, zarbam aniq chiqib ishonchni oqlay oldim.

- Avval ham penalti tepib turarmidingiz? 11 metrli nuqtaga yaqinlashganingizda hayajon bo'lmadimi?
 -Asosan mashg'ulotlarda 11 metrdan zarba yo'llab shug'ullanib turardim. Masalan, birinchi davrada “Mashal” safida darvozabon Sanjar Quvvatov bilan bahslashib turardim. Bu o'yinda darvozada aynan Sanjar edi va qaerga tepishimni yaxshi bilardi. SHunga qaramay, uni chalg'ita oldim. Yana shuni ham aytishim kerakki, muxlislarning daldasi ham bizga kuch bag'ishladi. Buning uchun muxlislarimizga rahmat aytaman.  

- “Mashal”da ham penalti tepish imkoniyati bo'ldi. O'sha vaziyatda qanday holatda edingiz?
 -Birinchi davrada “Mashal”da o'ynaganimda jamoa penaltilardan foydalana olmagandi. SHuning uchun ura olishmasa kerak deb ham o'yladim. Qolaversa, darvozabonimizga dalda bo'lib, uning ishonchini ko'tarib turibdik. SHu ham yordam berdi deb o'ylayman. Negadir penaltidan foydalana olmaslik “Mashal”ning “kasali” bo'lib qoldi.

- Sobiq jamoangiz “Mashal”ning o'yini haqida nima deysiz?
 -Bilasizlar, “Mashal” jamoasini asosan yoshlar tashkil etadi. CHempionat boshida yoshlarda kuch ko'p edi va mavsumni jamoa yaxshi boshlagandi. Keyinchalik charchab qolishdimi bolalar bilmadim. SHunga qaramay, bu bahsda muborakliklar ham yomon o'yin ko'rsatishmadi. Jamoa asosan Zohir Qo'ziboevga tayangan holda hujumlar tashkil etishga harakat qildi. Lekin bu o'yinda biz raqibga imkoniyat bermadik.

- “Mashal”dagi faoliyatingiz to'g'risida qanday fikrdasiz? Muborakda yarim yil o'ynadingiz xolos.
 - Ozmi-ko'pmi “Mashal”da o'ynab jamoaga yordam berishga harakat qildim. Yaxshi jamoa safiga qo'shilgandim, shuningdek, muhit ham alo darajada edi. Faqat u erda ko'proq o'ynash imkoniyatiga ega bo'lmadim. Murabbiy unchalik ishonch bildirmadi va ko'p vaqtimni zaxirada o'ktazdim. SHu bois birinchi davradan keyin murabbiy bilan gaplashib ketishimni aytdim. CHunki ko'proq o'ynashni xohladim. Bundan tashqari Muborak ham uyimga uzoqlik qildi. Ilgari “Neftchi”da uyga yaqin joyda o'ynab o'rganib qolgan ekanman.

- Ikkinchi davrada “Andijon” taklifini qabul qildingiz. Yangi jamoaga moslashib ketdingizmi?
 -Ha, jamoaga tez kirishib ketdim. “Andijon”da tarkibdagi futbolchilarning ko'pi menga tanish. Misol uchun, Iqbol Akramov, Sanjar Asqaraliev, Eldor Isaboev, SHukur Jumaboev bilan ilgari “Neftchi”da birga to'p surganmiz. Qolaversa, jamoa ham meni yaxshi qabul qilgani bois moslashishim qiyin kechmadi. Asosiysi, bosh murabbiy menga ishonch bildiryapti. Mana g'alabaga ham erishib muxlislarni xursand qildik. Bundan keyin ham mana shunday natijalar uchun astoydil to'p suramiz. Navbatdagi ikkita turni ham o'z maydonimizda o'tkazamiz. Bu imkoniyatdan foydalanib ochkolarimiz sonini ko'paytirib olishimiz kerak.

- Yuriy Sarkisyan, Amet Memet, Murod Ismoilov, Aleksandr Xomyakov singari murabbiylar bilan ishladingiz. Edgar Gess haqida fikringiz qanday?
 -Edgar Yakovlevich talabchan murabbiy. Mashg'ulotlarda futbolchilardan bor kuchi bilan ishlashni talab qiladi. Bundan tashqari Gessni yaxshi ruhshunos ham deya olaman. Ruhiy jihatdan murabbiy jamoani o'yinga yaxshi tayyorlay olishiga guvoh bo'ldim. Bir so'z bilan aytganda, kuchli mutaxassis.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика